Tarixi
Gaziyeva Ra'no Teshabayevna
«Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish»
kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, professor
Теl.: +99871-237-19-98
Email: r.gazieva@tiiame.uz
«Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish» kafedrasi 1971 yil iyun oyidan «Avtomatika va telemexanika» nomi bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, «Shuhrat» medali sovrindori, texnika fanlari doktori, professor Petr Vyacheslavlovich Baydyuk rahbarligida tashkil etilgan. P.V. Baydyuk o‘zining ish faoliyatini O‘zbekiston fan va texnikasining rivojlanishiga bag‘ishladi va 1994 yilgacha uchta mutaxassislik yÿnalishiga asos solgan, shu jumladan «Gidromeliorativ tizimlarni avtomatlashtirish». 1994 – 2003 yillargacha kafedra «Qishloq va suv xÿjaligini avtomatlashtirish» nomi bilan ÿzgartirilib, unga t.f.n., dos. Sh. Joniqulov, dos A.M. Usmanov rahbarlik qilgan. Bu davrda kafedraning ÿquv –metodik bazasi takomillashtirildi.
2003 yilda kafedra bazasida P.V. Baydyukning shogirdlari t.f.n., dotsent R.T.Gazieva, katta ÿqituvchi D.K.O‘rmanov va dos. A.X. Voxidovlarning harakatlari bilan 5521800-«Avtomatlashtirish va boshkaruv» (suv xÿjaligida) bakalavriat yunalishi va shu mutaxassislik bÿyicha magistratura yÿnalishi ochildi. 2004 – 2009 yillar davomida kafedraga dos.A.X.Voxidov, dos. R.T. Gazieva va dos.A.M.Usmanovlar rahbarlik qilgan.
2010 yil 27 avgustdan boshlab kafedra kayta tashkil etilib, dos. A.M. Usmonov rahbarligida yangi «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish» nomi bilan o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. 2011- yildan boshlab kafedrada yangi nom bilan 5311000–«Texnologik jarayonlar va ishlab chikarishni avtomatlashtirish va boshkarish» bakalavr yÿnalishi, 5A531001 – «Texnologik jarayonlar va ishlab chikarishni avtomat-lashtirish» magistratura mutaxassisligi ochildi.
2013 yildan boshlab kafedraga dotsent R.T.Gazieva rahbarlik qilib kelmoqda. 2016 yildan boshlab kafedraga «Texnologik jarayonlar va ishlab chikarishni avtomatlashtirish va boshqarish» nomi berildi. 2020 – yildan boshlab kafedra qoshida 5330200 Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) yo’nalishi ochildi va faoliyatini boshladi.
Qishloq va suv xo'jaligi energiya ta'minoti fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar