Hamkorlar

Kafedrada Uzbekiston Fanlar Akademiyasi Energetika va avtomatika ITI ning «Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari» laboratoriya, Uzbekiston-Rossiya OAJ «Uzelektroapparat- Elektroщit» Qo‘shma korxonasi, «Promsitroyenergoproekt» korxonasi, , TATU huzuridagi “ Axborot –kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy –innovatsion markaz”ining «Intellektual boshqarish tizimlari» (IBT) laboratoriyasi, “Amaliy axborot tizimlari” laboratoriyasi bilan ilmiy-texnika xamkorlik shartnomalari tuzilgan. Hamkorlik doiralari – ishlab chiqarish amaliyotlari, bakalavr va magistrlar bilan o‘kuv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, malakaviy bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik, uquv uslubiy va laboratoriya bazalarini takomillashtirish.

Germaniya. Kafedra zamonaviy tajriba uskunalari ishlab chiqaruvchi Festo Didaktik kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. «Elektronika va mikroprotsessor texnikasi», «Avtomatikaning texnik vositalari va raqamli avtomatika», «Texnologik jarayonlarni kompyuterli boshqaruvi», «Avtomatik boshqaruv tizimlari» fanlari uchun uskunalarni olish maqsadida mahsus topshiriq (spesifikatsiya) ishlab chiqilgan va Festo Didaktik dan «Takliflar» («Predlojeniya» Proforma Invois) olingan.

Belarus. Zamonaviy tajriba uskunalarini ishlab chiquvchi «NTP SENTR» tashkiloti bilan aloqa o‘rnatilgan va hamkorlik ishlari olib borilyapti. Belarus loyihasi «Elektronika va mikroprotsessor texnikasi», «Avtomatikaning texnik vositalari va raqamli avtomatika», «Texnologik jarayonlarni kompyuterli boshqaruvi», «Avtomatik boshqaruv tizimlari» fanlari bo‘yicha laboratoriya stendlarini tanlashda yaxshi alternativ bo‘lishi mumkin.

Novocherkassk. Kafedra o‘quv, ilmiy-uslubiy yo‘nalishda Janubiy Rossiya Davlat politexnika universiteti ( YuRGPU(NPI) ) bilan xamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Ukraina 2019-yil mart oyida Respublikasining Qishloq xo’jaligiva oziq-ovqat ta’minoti universiteti bilan hamkorlik yo’lga qo’yilda