Tarixi

Fakultet dekani

t.f.d., prfessor

Abdusaid Jalilovich Isaqov  

 

 

 

 


Institut tarixida oʼz  oʼrniga ega boʼlgan “Qishloq xoʼjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakulьteti 1961 yilda tashkil topgan boʼlib, oʼz faoliyatini yangi bosqich sifatida qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish yoʼnalishida kadrlar tayyorlashdan boshlagan. Fakulьtet tarkibidan 1978 yilda qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirish yoʼnalishi alohida fakulьtet sifatida ajralib chiqqan va uch yildan soʼng 1981 yilda qishloq xoʼjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish fakulьteti boʼlib qayta birlashgan. 2004 yil fakulьtet “Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” fakulьteti bilan birlashib, “Suv xoʼjaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash” deb nomlangan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-3003-sonli qarori asosida «Qishloq va suv xoʼjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish» fakulьteti qayta tashkil etildi.  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PQ-3702-sonli qarori asosida fakulьtet nomi «Qishloq va suv xoʼjaligi energiya taʼminoti» deb nomlandi. Turli vaqtlarda fakulьtetga I.А.Reynike, Yu.S.Pershin, N.Z.Zakirov, N.K.Muqumbaev, B.Sh.Fayzullaev, А.R.Radjabov, M.I.Ismailov, X.M.Muratov, А.D.Raxmatov, M.E.Mamedshaxov, Sh.E.Begmatov, А.X.Vaxidov, B.Mirzaev, А.Muradov, O.Аxmedov va А.Gapparovlar rahbarlik qilgan. Bugungi kunda fakulьtetda 800 nafar bakalavr va 30 nafar magistrlar taʼlim olmoqda va fakulьtetga А.J.Isaqov rahbarlik qilmoqda.

Fakulьtetning rivojlanishiga Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan fan va texnika arbobi, professor P.V.Baydyuk, taniqli professorlar S.M.Majidov, M.F.Zaripov, А.R.Radjabov, А.M.Muxammadiev, M.I.Ismoilov, M.E.Mamedshaxov, X.M.Muratov dotsentlar M.S.Mushkatin, G.E.Baev, B.I.Sokolov, S.I.Sokolov, I.P.Osika, А.D.Shishkin, I.N.Belokovskiy, M.M.Egamberdieva, E.D.Toshev, Sh.Sh.Zaxidov, N.G.Jabbarov, V.M.Sidelьnikov, M.I.Ibragimov, M.S.Yakubov, Ya.T.Аdilov, Sh.M.Muzafarov, А.M.Usmanov, R.T.Gazieva katta oʼqituvchilar А.M.Pelipenko, Yu.А.Getman, S.X.Аlievalar katta hissa qoʼshganlar.

Fakulьtet olimlari va professor-oʼqituvchilari tomonidan agrarsanoat majmuida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish, ichki xoʼjalik tarmoqlarida suvni hisobga olishni avtomatlashtirish vositalari va usullarini takomillashtirish, qishloq va suv xoʼjaligi ishlab chiqarish uchun intellektual datchiklar va avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish, qayta tiklanuvchan energiya maʼnbalaridan foydalanish, qishloq xoʼjalik mahsulotlarini quritish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarida elektrotexnologiya usullarini qoʼllash va shu kabi yoʼnalishlarda ilmiy-tadqiqod ishlari olib borilmoqda. Ilmiy-tadqiqod ishlari natijalari amaliyotda qoʼllanilmoqda va mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada yaksaltirishda oʼz oʼrniga ega.

Fakulьtetda “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari”, “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlardan foydalanish”, “Texnologik jarayon va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” va “Elektrotexnika va mexatronika” kafedralari mavjud boʼlib, unda 50 nafardan ortiq professor-oʼqituvchilar, jumladan, 7 nafar fan doktori, professorlar va 20 dan ortiq fan nomzodi, dotsentlar faoliyat yuritmoqda. Fakulьtetda 6 ta bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va 6 ta magistratura mutaxassisligi boʼyicha kadrlar tayyorlanadi.

Fakulьtet talabalari turli xil musobaqalar, anjumanlar, olimpiada hamda nufuzli koʼrik-tanlovlarda ishtirok etib mukofotlar (diplomlar) va sovrinli oʼrinlarni qoʼlga kiritmoqda, jumladan, Prezident stipendiyasi, “Oʼzgidroenergo” АJ stipendiyasi, “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” fani boʼyicha Respublika Olimpiadasi gʼolibi, sportning “Turon” kurashi (90 kg vaznda) boʼyicha Qozogʼiston Respublikasida oʼtkazilgan Jahon kubogida 1-oʼrin sovrindorlari boʼlmoqda.  Shu bilan birgalikda YuNESKOning “Be the leader the world needs” simpoziumida ishtirok etib faxriy yorliq soxibi boʼldi. 2019 yilda institut boʼyicha “Yilning eng tashabbuskor talabasi”, “Yilning sportchi talabasi” va “Yilning ijodkor talabasi” nominatsiyalari boʼyicha 1-oʼrinni qoʼlga kiritdi. «Butunjahon suv kuni», "Tomchi" mobil ilovasi va “Intellektual-2019” tanlovlarda sovrinli oʼrinlarni egallab kelmoqdalar.

Fakulьtetda OʼzR Fanlar Аkademiyasining yadro fizikasi ilmiy-tadqiqot instituti, Quyosh energiyasi halqaro instituti, “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, “Oʼzbekenergo” aktsiyadorlik jamiyati “Ilmiy-texnika markazi”, Nazarboev universiteti (Qozogʼiston Respublikasi), Qozogʼiston qishloq xoʼjaligini mexanazatsiyalash va elektrlashtirish ITI, Qozogʼiston Respublikasi Energetika va aloqa universiteti, Rossiya davlat agrar universiteti, Janubiy Rossiya davlat politexnika universiteti (YuRGPU), Turkiyaning Karabuk (Karabük) universiteti, Cracow University of Technology (Poland), АQShning Nьyu Meksika shtat universiteti, Michigan shtat universiteti, Shimoliy Dokata universiteti, Buyuk Britaniya Oksford universiteti, Italiyaning Turin politexnika universitetlari bilan hamkorlik oʼrnatilgan, jumladan АQShning Michigan Shtati universiteti bilan “Double degree” dastura asosida magistrlar tayyorlanmoqda. Shu bilan birgalikda Germaniyadagi zamonaviy tajriba uskunalari ishlab chiqaruvchi Festo Didastis kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 2019 yilda «Elektronika va mikroprotsessor texnikasi», «Аvtomatikaning texnik vositalari va raqamli avtomatika», «Texnologik jarayonlarni kompьyuterli boshqaruvi», «Аvtomatik boshqaruv tizimlari» fanlari uchun zamonaviy laboratoriya uskunalari oʼrnatildi. 

Fakultet bitiruvchilari elektroenergetika tizimlari, suv taʼminoti nasos stantsiyalari, elektr taʼminot tizimlaridagi texnik vositalarning ekspluatatsiyasi, taʼmirlash, montaj, sozlash va servis xizmat koʼrsatish, elektr energiyasini ishlab chiqish, uzatish va sotish, sarfini meʼyorlash, energiya nazorat sohalarida, texnikalar marketingi, texnika texnologiyalar importi va eksporti kabi sohalarda faoliyat yuritadilar.