Hamkorlar

Kafedrasida «Yosh olimlar ilmiy ijodiy» to‘garagi mavjud bo‘lib, hozirgi kunda to‘garakga magistratura talabalaridan 4 nafar, bakalavriyat talabalaridan 14 nafar talababalar a’zo bo‘lgan. To‘garak ishtirokchilari elektr xavfsizlik qoyidalari, maishiy elektr jihozlaridan foydalanish va ta’mirlash, elektromontaj texnologiyasi, yoritish qurilmalarini montaji, elektr hisoblagichlarni tarmoqqa ulash va hisoblash, guruxli shitlarni yig‘ish kabi mavzular bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladilar. Kafedradagi barcha professor-o‘qituvchilari to‘garakga a’zo talabalarga biriktirilib, to‘garak ish rejasi, mashg‘ulotlarni olib borish grafigi tuzilgan. Mashg‘ulotlar grafigiga asosan to‘garak a’zolari xaftaning seshanba va juma kunlari 1500 dan 1800gacha Ye bino Ye-4 laboratoriya boksida mashg‘ulotlar o‘tkazishadi. To‘garak mas’ul rahbari kafedra assistenti N.Markaev.