Bakalavriatura yo'nalishlari
5430200 – “Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” |
5430200 – “Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilari ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik, ekspluatatsion va texnik servis, texnologik-ishlab chiqarish, tashkiliy-boshqaruv tizimida xususan, ushbu taʼlim yoʻnalishlarini bitiruvchilari elektroenergetika tizimlari, elektr taʼminoti tarmoqlari, ichki irrigatsiya-melioratsiya tizimlari, suv taʼminoti tarmoqlarining energetik tizimlari, noanʼanaviy energiya manbalari va tizimlari, elektrotexnologik uskunalar, elektrotexnik qurilmalarni ekspluatatsiyalash jarayonlari, elektr qurilmalarni taʼmirlash, sozlash va texnik xizmat koʻrsatish tizimlari muxandis elektrik lavozimida faoliyat yurtishlari mumkin. |
5111000-Kasb taʼlimi (5430200 – Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlash-tirish) |
5111000-Kasb taʼlimi (5430200 – Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilar taʼlim jarayonida mos kasb-hunar kollejlaridagi oʻquv-tarbiya jarayoni, elektroenergetika tizimlari, elektr taʼminoti tarmoqlari, ichki irrigatsiya-melioratsiya tizimlari, suv taʼminoti tarmoqlarining energetik tizimlari, noanʼanaviy energiya manbalari va tizimlari, elektrotexnologik uskunalar, elektrotexnik qurilmalarni ekspluatatsiyalash jarayonlari, ilmiy tadqiqot jarayonlari, elektr qurilmalarni taʼmirlash, sozlash va texnik xizmat koʻrsatish tizimlarida, qishloq va suv xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish sohasidagi kasb-xunar kollejlarida oʻqituvchi lavozimlarida faoliyat yuritishlari mumkin. |
5310200 – Elektr energetikasi (suv xoʻjaligida) |
5310200 – Elektr energetikasi (suv xoʻjaligida) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilar ishlab chiqarishda suv xoʻjaligi tizimlari, gidroelektrostansiyalar, suv taʼminoti nasos stansiyalari, gidrotexnika inshootlari va ularni qurilishi, loyiha-konstruktorlik, elektr taʼminot tizimlaridagi texnik vositalarning ekspluatatsiyasi, taʼmirlash, montaji, sozlash va servis xizmat koʻrsatish, elektr energiyasini sotish, sarfini meʼyorlash, energiya nazorati soxalarida, taʼlim jarayonida mos kasb-hunar kollejlaridagi faoliyat yuritishlari mumkin |
5313200 – Texnika va texnologiyalar-ning texnik ekspertizasi va marketingi (Elektr va elektron texnikalar) |
5313200 – Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (Elektr va elektron texnikalar) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilar ushbu taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr kasbiy faoliyatining obyektlari boʻlib mahsulot ishlab chiqaradigan, texnika va texnologiyalar importi va eksportini amalga oshiradigan injenerlik, dillerlik kompaniyalari, konsalting, ekspertiza va sugʻurta xizmatlari, ekspluatatsiya, sifatni nazorat qilish, mahsulotlar va yangi ishlanmalarni sinash, loyihalash va injenerlik dizayni, texnikalar marketingi, investitsiya va savdo, texnika va texnologiyalar importi va eksporti boʻyicha xalqaro loyihalarni boshqarish kabi sohalarda faoliyat yuritadi. |
5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xoʻjaligida) |
5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xujaligida) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilar suv xoʻjaligi ishlab chiqarishida yuqori unumdorlikka ega texnologik jarayonlar, apparatlar va jihozlar va ularni nazorat qilish, rostlash va boshqarish tizimlari, ularni sozlash, ekspluatatsiya qilish usullari va vositalari, shuningdek nazorat, rostlash va boshqarish tizimlarining loyiha hujjatlari, taʼlim jarayonida mos kasb-hunar kollejlaridagi oʻquv-tarbiya jarayonida faoliyat olib borishlari mumkin. |
5430500 – Qishloq va suv xoʻjaligida energiya taʼminoti |
5430500 – Qishloq va suv xoʻjaligida energiya taʼminoti taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilari ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik, ekspluatatsion va texnik servis, texnologik-ishlab chiqarish, tashkiliy-boshqaruv tizimida xususan, ushbu taʼlim yoʻnalishlarini bitiruvchilari elektroenergetika tizimlari, elektr taʼminoti tarmoqlari, ichki irrigatsiya-melioratsiya tizimlari, suv taʼminoti tarmoqlarining energetik tizimlari, noanʼanaviy energiya manbalari va tizimlari, elektrotexnologik uskunalar, elektrotexnik qurilmalarni ekspluatatsiyalash jarayonlari, ilmiy tadqiqot jarayonlari, elektr qurilmalarni taʼmirlash, sozlash va texnik xizmat koʻrsatish tizimlari muxandis elektrik lavozimida faoliyat yurtishlari mumkin. |