Tadbir

2018 yil 6 oktyabr kuni Institutning sport maydonida Futbol sport turidan Fakultetlararo 1-bosqich talabalari o‘rtasida “Sport bizni birlashtiradi” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqada fakultetimiz talabalari 2-o‘rinni egalladi

2019 yil fevral Lutfullaev Muzaffar sportning “Turon” kurashi bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi CHimkent shahri bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida 90 kg vaznda birinchi o‘rinni egalladi.

2018 yil 13-dekabr kuni Institutda o‘tkazilgan “QOVOQ SAYLI” bayramida fakultetimiz talabalari “Pazandalik mahoratini” namoyish etganligi uchun 1-o‘rinni egalladi.

2018 yil 17 noyabr kuni 2-Talabalar turar joyida “HOSIL BAYRAMI” fakultetimiz talaba qizlari 1-o‘rin bilan taqdirlandi.

2019 yil 16 mart kuni Institutning “San’at saroyida” Fakultetlararo “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovida fakultetimiz talabalari faxrli 2-o‘rinni egalladi.

2018 yil 21-sentyabr kuni Toshkent shahar SPID Markazi  shifokori D.M.Ermatova bilan “OIV - inson salomatligiga ta’siri va oqibatlari” va “Giyohvandlikning asr vabosi” mavzusida ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 150 nafar talaba ishtirok etdi.

2018 yil 12 oktyabrda “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” mavzusida TIQXMMI harbiy kafedra boshlig‘i podpolkovnik R.Z.Minlishev, harbiy kafedra boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik V.I.Tagaev, harbiy kafedra etakchi o‘qituvchilari zahiradagi podpolkovniklar X.I.Ergashev va M.T. Umirovlar ishtirkida “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti talaba-yoshlar bilan ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

2018 yil 23 noyabr kuni IIV malaka oshirish instituti qoshidagi “Jinoyatchilikka qarshi kurash” kafedrasi boshlig‘i podpolkovnik Babaev Akmal Abdukarimovich hamda “Jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash" kafedrasi boshlig‘i podpolkovnik Rasulev Ulug‘bek Erkinovich IIV xodimlari ishtirokida “Respublika Mustaqilligini himoya qilish va diniy ekstremizmga qarshi kurash” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

2018 yil 14 dekabr kuni IIV odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi a’zosi Axmedov Axrorbek O‘ktamovich, IIV terrorizm va ekstrizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi katta tezkor vakili Djo‘raev Jo‘rabek YUldoshevichlar ishtirokida “Odam savdosi - davr muammosi” mavzucida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida “Odam savdosi - davr muammosi” mavzusiga oid bo‘lgan video roliklar namoyish etildi.

2018 yil 17 noyabr kuni “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti va Toshkent shahar Shayxontoxur tumani 324-sonli maktab bilan hamkorlikdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida “MEN KITOBNI SEVAMAN” mavzusida 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bellashuv bo‘lib o‘tdi. Bu bellashuvda 6-“M” sinf o‘quvchilari faxrli 1-o‘rinni egallashdi. 6-“B” sinf o‘quvchilari 2-o‘rinni, 6-“E” sinf o‘quvchilari esa 3-o‘rinni egalladilar.

2019 yil 28 aprel kuni institutning sport maydonida  “Yоshlarga oid davlat siyosati” davlat dasturi ijrosini ta’minlash hamda talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish va bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida “DEKANAT KUBOGI” futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.