Tarixi

«Elektrotexnologiyalar va elektr jixozlaridan foydalanish» kafedrasi

 mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent

Berdishev Abduraxim Sulaymanovich

Тел.: +99890+932-62-21 

Email: berdyshev66@bk.ru

 


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24 maydagi 3003-sonli qaroriga asosan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti nomi berilishi  munosabati bilan “ Qishloq va suv xoʼjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakulteti tarkibida “Elektrotexnologiyalar va elektr jixozlaridan foydalanish” kafedrasi  tashkil etildi. Kafedra dastlab 1979 yil 15 dekabrda “Elektr yuritmalar va elektr energiyasini qoʼllash” kafedrasidan “Qishloq xoʼjaligida elektr energiyani qoʼllash” nomi  bilan  ajralib chiqqan. Institut ilmiy kengashining  qaroriga koʼra 2001 yil 5 iyundan “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi va taʼmirlash” nomi bilan atalgan. Kafedrada tashkil etilgan  1979 yildan 2004 yilgacha professor А.R.Radjabov raxbarlik qilgan.  Oʼzbekiston Respublikasi  Vpzirlar maxkamasining “Qishloq va suv zoʼjaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomilashtirish toʼgʼrisidagi” 2004 yil 415-sonli qarorini bajarish maqsadida kafedraga “Qishloq xoʼjaligi elektr taʼminoti” qoʼshib olinib, 2004 yildan “Suv xoʼjaligida elektr taʼminoti va elektr jixozlaridan foydalanish” nomi bilan faoliyat yuritib keldi. 2004 yildan 2011 yilgacha dotsent  А.S.Berdishev 2014 yildan 2017 yilgacha  dots. N.T.Toshpoʼlatov  kafedraga mudirlik qilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017 yil 25 maydagi PQ-3003-sonli qaroriga asosan “Suv xoʼjaligida elektr taʼminoti va elektr jixozlaridan foydalanish” kafedrasi “Elektrotexnologiyalar va elektr jixozlaridan foydalanish” va “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi kafedralariga boʼlindi. 2017 yildan kafedraga t.f.n., dots А.S.Berdishev raxbarlik qilib keladi. Kafedra aʼzolari fakulʼtetning ilmiy-tarbiyaviy faoliyatida faol ishtirok etib kelganlar. Kafedrada professorlar Radjabov А.R., Ismoilov M.I., Muxammadiev А.M., Musabekov P.M., Muratov X.M., doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, har birlari oʼz ilmiy maktabini yaratganlar. Oʼsha yillarda yana kafedrada quyidagi olimlar t.f.n., dissertatsiyasini tayyorlab, himoya qildilar: M.M.Egamberdieva, I.D.Toshev, I.N.Belokovskiy., M.I.Ibragimov, Sh.M.Muzaffarov, А.D.Raxmatov, T.M.Bayzakov, N.T.Toshpoʼlatov, B.Sh.Fayzullaev, А.J.Isokov, O.T.Аxmedov, А.Bakiev, I.Nuritov, D.Raxmatov, Аbdulla Said Morshed, Rabbabax А. Ular hozirda Respublikamizning va xorijiy mamalakatlarning turli muassasa va tashkilotlarida  faoliyat koʼrsatib kelishmoqda. Kafedrada tashkil qilingan  paytidan buyon “Qishloq xoʼjalik maxsulotlarini quritish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarida elektrotexnologiya usullarni qoʼllash” mavzusida ilmiy maktab hozirgi kunda ham Respublikamizda salohiyali yoʼnalishlardan biri deb xisoblanadi. Kafedra tashabbusi bilan Oʼzbekistonda ilk bor 05.20.02 ixtisoslik boʼyicha dissertatsiya  kengash ochildi bugungacha kengashda 7 nafar fan doktori va 40 dan ortiq fan nomzodlari himoya qilishdi. Hozirgi paytda kafedraga  texnika fanlari nomzodi, dotsent А.S.Berdishev mudirlik qilmoqda. Kafedra aʼzolari t.f.d., professorlar А.Radjabov va А.Muxammadiev, t.f.n., dotsentlar M.Ibragimov, T.M.Bayzakov.. O.T.Аxmedov, Oʼ.А.Xoliqnazarov, R.F.Yunusov, assistentlar O.Q.Matchonov, А.А.Turdiboev, N.M.Eshpoʼlatov, Sh.Yusupov, N.M.Markaevlar, laboratoriya mudiri R.Аbdullaevalar faoliyat olib bormoqda.

Kafedrada 2016-2020 yillarga moʼljallangan “Qishloq xoʼjalik maxsulotlarini yetishtirish va sifatini oshirishning elektr texnologik usullarini yaratish va tadqiq etish” mavzusida ilmiy ish olib borilmoqda. Prof. А.Radjabov raxbarligida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish texnologiyalarini rivojlantirishning ilmiy metodologik asoslari”  (Qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarish misolida) mavzusida 2017-2020 yillarga moʼljallangan fundamental ilmiy loyixa bajarilmoqda. Kafedra qoshida 05.05.07. “Qishloq xoʼjaligida elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi boʼyicha 2- ta doktorant tayyorlanmoqda: А.Bakiev (DSc)  va tayanch doktoranti N.Nuralievalar. “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasida “Yosh energetiklar” toʼgaragi mavjud boʼlib, hozirgi kunda toʼgarakga magistratura talbalaridan 4 nafar, bakalavriyat talabalaridan 13 nafar talabalar aʼzo boʼlganlar. Kafedradagi barcha professor- oʼqituvchilari toʼgarakga aʼzo talabalarga biriktirilib, toʼgarak  ish rejasi, mashgʼulotlarini  olib borish grafigi tuzilgan.

Kafedrada Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasi “Energetika va avtomatika” (ITI) Ilmiy tadqiqot instituti, “Elektr qishloq qurilish” АJ korxonasi, “Tokentdonmahsulotlari” АJ korxonasi, Toshkent yogʼ-moy kombinati АJ, “Toshkent issiqlik markazi” АJ korxonasi “Oʼzbekenergo” DАK  Toshkent  shaxar elektr tarmoqlari korxonasi (“Toshkent shahar ETK”), “Oʼzbekenergo” DАK Toshkent xududiy elektr tarmoqlari korxonasi (“Toshkent XETK”) “Oʼzbekenergo” DАK  Markaziy elektr tarmoqlari (Markaziy MET) korxonalari bilan xamkorlik aloqalari oʼrnatilgan. Kafedra Qozogʼiston qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash va elektrlishtirish  ITI va Bellarusiyaning  Zamonaviy tajriba uskunalarini  ishlab chiquvchi “NTP Sentr” tashkiloti bilan aloqalar oʼrnatilgan va xamkorlik ishlarini olib boryapti.


Qishloq va suv xo'jaligi energiya ta'minoti fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar