Elektr ta'minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari
Kafedra mudiri
Qodirov Dilshod Botirovich, PhD
Tel:71 237-19-68
Email: d.kodirov@tiiame.uz
“Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi 2004 yil Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining “Qishloq va suv xoʻjaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisidagi” 415-sonli qarorini bajarish maqsadida institutning 2004 yil 13.09 dagi 187-F buyrugʻiga asosan Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya intstitutining tashkiliy tuzilmasi ijrosida tashkil etilgan. Kafedra dastlab 1979 yil 15 dekabrda “Elektr yuritmalar va elektr energiyasini qoʻllash” kafedrasidan “Qishloq xoʻjaligida elektr energiyani qoʻllash” nomi bilna ajralib chiqqan. Institut ilmiy kengashining qaroriga koʻra 2001 yil 5 iyundan “Elektrotexnologiya” va “Elektr uskunalar ekspluatatsiyasi va taʼmirlash” nomi bilan ataldi. Kafedrada tashkil etilgan kunidan 2004 yilgacha professor A.R.Radjabov raxbarlik qilgan. 2004 yildan 2011 yilgacha dotsent A.S. Berdishev kafedraga mudirlik qilib kelgan. Kafedra aʼzolari fakultetning ilmiy-tarbiyaviy faoliyatida faol ishtirok etib kelganlar. Kafedrada professorlar Radjabov A.R., Ismoilov M.I. Muxammadiyev A.M., Musabekov N.M., Muratov X.M. doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, har birlari oʻz ilmiy maktabini yaratganlar. Oʻsha yillarda yana kafedrada quyidagi olimlar t.f.n. dissertatsiyasini tayyorlab, himoya qildilar; M.M. Egamberdiyev, I.D. Toshev, I.N. Belokovskiy, M.I. Ibragimov, Sh.M. Muzafarov, A.D.Raxmatov, T.M. Bayzakov, N.T. Toshpoʻlotov, B.Sh. Fayzullayev, A.J. Isoqov, O.T. Axmedov, A.Bakiyev, I. Nuritov, D.Raxmatov, Abdulla Said Marshed, Rabbabax A., May Van Xuan. Ular hozirda Respublikamizning turli muassasa va tashkilotlarida faoliyat koʻrsatib turibdilar. Kafedra tashkil qilingan paytidan buyon “Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini quritish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarida elektrotexnologiya usullarni qoʻllash” mavzusida ilmiy maktab hozirgi kunda ham Respublikamizda salohiyati yoʻnalishlardan biri deb hisoblanadi. 2010 yil oxirida Primov Odil kandidatlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qildi va hozirda TJA kafedrasida ishlab turibdi. 2011 yil fevralda dos. Muzafarov Sh.M. oʻzining doktorlik dissertatsiyasining dastlabki variantini fakultet ilmiy texnik semenarida ximoya qilib zarur tavsiyalar oldilar, ular yaqin kunlarda keyingi bosqichlardan ham muvoffaqiyatli oʻtib, OAK da oʻz tasdiqlarini olishlariga tilakdoshmiz. Muzafarov Sh.M. hozirgi kunda eng dolzarb mavzulardan biri boʻlgan “Havoni tozalash muammolari” boʻyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. U oʻzining havoni mayda chang va ifloslanishlardan tozalash filtrini paxta tozalash zavodlari uchun mos elektr impuls rejimlarini ishlab chiqilgan konstruksiyalari tavsiya qilingan. Hozirgi vaqtda elektrofiltrlarni ishlab chiqarishga joriy qilish ishlari olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 maydagi PQ-3003-sonli qaroriga asosan kafedraning “Suv xoʻjaligida elektr taʼminoti va elektr jixozlaridan foydalanish” nomi “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari”ga oʻzgartirildi.
Qishloq va suv xo'jaligi energiya ta'minoti fakulteti Oʻqitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqa