Ilmiy ishlar

TJICHAB kafedrasida oxirgi uch yil davomida «Suv xo‘jaligi tizimlari texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish usullari va vositalarini tadqiq qilish hamda takomillashtirish» ustuvor mavzusi asosida ilmiy izlanishlar olib borildi.

Erishilgan ilmiy natijalar:

1. “Совершенствование средств и методов автоматизации технологических процессов водохозяйственных систем” mavzusi buyicha reja asosida ish olib bordilar (ma’sul dots. A.Usmanov). “Гидростатический уровнемер для гидромелиоративных систем” foydali modeliga talabnoma berilgan, bajarilgan ish natijalari o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan.

2. Совершенствование средств и методов автоматизации контроля опушенности семян хлопчатника (ma’sul dots. R. Gazieva). Ushbu ish bo‘yicha oraliq hisobot tayyorlangan. Joriy yilda mavzu bo‘yicha 3 ta xorijiy mamlakatlarda, 2 ta respublika anjumanlarida, 4 ta ilmiy maqola OTM konferensiyalariga tayyorlangan. Uzluksiz avtomatlashtirilgan oqim-liniyani yaratish buyicha texnologik jarayon tadkikoti asosida avtomatlashtirish vositalarining dinamik xususiyatlarini nazariy jixatlari tekshirildi va linter aregatining boshqarish ob’ekti sifatida xususiyatlari o‘rganildi va shu asosda boshkaruv ob’ektining operator shaklidagi tenglamasi ishlab chiqildi, jumladan, tajriba tadkikotlarini o‘tkazish metodikasi tanlandi.

3. Kafedra 2020 yilda pilot kafedra deb belgilandi va hozirda kafedra dotsenti A.Usmonov va tayanch doktorand E.Ozodov, assistant M.Yusupovlar tomonidan “Defuse-IT” loyihasi ishlab chiqildi va startap shaklida rivojlantirildi. Hozirda loyiha 2 xalqaro startap platformasi mutloq g‘olib hisoblanadi bular C.A.T science accelerator va AIM loyihalari g‘olibi. Shuningdek, ushbu loyiha Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan “5 Tashabbus” loyihasi g‘olibi ham hisoblanadi. 

Ushbu ish bo‘yicha gidrotexnika inshootlarida, jumladan, tindirgichlarda asbobli ekspress nazorati bilan loykani cho‘ziluvchanligini aniqlash masalasi o‘rganildi.

Bajarilgan ilmiy, uslubiy ishlar natijasida kafedra a’zolari tomonidan, 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma 2016-17 yil chop etildi, 4 ta jurnal maqolasi (shundan 2 tasi xorijiy) va 20 ta ilmiy- amaliy konferensiyalarda maqolalar chop etildi.

  • 2018 yilda Kafedrada olib borilgan 2 ta byudjet mavzusi bo‘yicha 33 ta ilmiy maqola, 1 ta monografiya, va 2 ta oraliq hisobot tayyorlandi.
  • 2019 yil may oyiga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta xorijiy maqola, 2 ta mahalliy maqola va 10 ta ilmiy amaliy anjumanda maqola chop etildi.
  • 2020 yil kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 4 ta SCOPUS ma’lumotlar bazasida xorijiy maqola, 24 ta mahalliy OAK tassarufidagi jurnalarda maqola va 10 ta ilmiy amaliy anjumanda maqola chop etildi.
  • 2021 yil kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 6 ta SCOPUS ma’lumotlar bazasida xorijiy maqola, 32 ta mahalliy OAK tassarufidagi jurnalarda maqola va 10 ta ilmiy amaliy anjumanda maqola chop etilidi.