Tarixi

“Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi

mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent

Baratov Rustam Jalilovich 

Теl.:  +99871-237-19-65

Email: rbaratov@mail.ru

 

 

Kafedraga 1934 yil asos solingan va uning daslabki nomi “Avtomatlashtirilgan elektr yuritma” deb atalgan. Uning birinchi mudiri G.Ye.Bayev bo‘lib u 1934-1958 yillarda kafedraga rahbarlik qilgan. 1962 yilga kelib esa kafedra asosida “Elektr yuritma va avtomatika” hamda “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” kafedralari tashkil etilgan va uning birinchi mudiri texnika fanlar nomzodi I.A.Reynike keyin esa 1968 yilgacha katta o‘qituvchi A.Shishkin, 1968-1973 yillarda dotsent A.Mamajanov, 1973-1983 yillarda professor S.Majidov, 1983 – 1993 yillarda kafedraga Boshqirdistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, texnika fanlari doktori, professor Madiyar Faxritdinovich Zaripov rahbarlik qilgan. Professor M.F.Zaripov rahbarligida informatsion – o‘lchash texnikasi va avtomatika elementlari sohasida juda katta maktab yaratildi va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanib ular hozirgi kunda ham Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, O‘zbekiston, MDH mamlakatlari, Efiopiya, Togo va boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritmoqda. Professor M.F.Zaripovning bevosita rahbarligida hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlari elementlari sohasida 20 dan ortiq fan doktorlari va 100 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlandi. Ushbu davrda kafedra salohiyati eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilib kafedrada professor S.M.Majidov, dotsentlar Sh.Sh.Zoxidov, N.G.Jabborov, U.Yu.Kazakbayev, Yu.G.Korobko, M.S.Yakubov, O.Turabov, katta o‘qituvchilar A.X.Gaziyev, S.X.Aliyeva, M.N.Zokirova, assistentlar S.F.Amirov, A.Xakimov, K.To‘laxodjayev, N.U.Mallin, R.J.Baratovlar, aspirantlar Bayor Sibiri, Zenebe Tasfaye, G.Xachaturyan, A.Denmuxammadiyev, D.Kontar lar faoliyat olib borgan. 
Kafedraga 1993 - 2004 yillarda professor S.F.Amirov rahbarlik qilgan. 2004 yilga kelib “Elektrotexnikaning nazariy asoslari”, “Avtomatlashtirilgan elektr yuritma” va “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedralari birlashtirildi va “Suv xo‘jaligi elektrotexnikasi va uni avtomatlashtirish” kafedrasi tashkil etildi. Ushbu kafedraga 2004 – 2006 yillarda dotsent R.Gaziyeva, A.X.Voxidovlar, 2006 - 2008 yillarda esa R.J.Baratov mudirlik qilgan. 2010 yilda «Suv xo‘jaligi elektrotexnikasi va uni avtomatlashtirish» kafedrasi asosida «Elektrotexnika va elektr yuritma» kafedrasi tashkil etilgan va unga dotsent A.Isakov rahbarlik qilgan. 2012 - 2016 yillarda esa kafedraga t.f.n. A.A.Boqiyev rahbarlik qildi. 2016 - 2017 yillarda t.f.n. A.M.Denmuxammadiyev mudirlik qildi. 2017 yil iyunidan institutda bir muncha sezilarli strukturaviy o‘zgarishlar natijasida kafedra institutda yangi tashkil etilgan «Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish» fakultetining tarkibiga kiritilgan holda “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi tashkil qilindi. Kafedraga 2017 yil iyun oyidan boshlab t.f.n. R.J.Baratov rahbarlik qilmoqda.
Ushbu qisqa vaqt davomida kafedrada 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab 5313200 - “Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi” (Elektr va elektron texnikalar) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi tashkil etilib, joriy o‘quv yilidan boshlab birinchi kursga talabalar qabul qilindi. Ushbu ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi dunyoning rivojlangan mamlakatlari AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va Yaponiya universitetlari o‘quv rejalari asosida ishlab chiqildi va yangi fanlar bilan boyitildi.

Qishloq va suv xo'jaligi energiya ta'minoti fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar