Ilmiy ishlar
Kafedrada 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saq-lash va dastlabki qayta ishlash jarayon-larida an’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya resurslari-dan kompleks foydalanishning ilmiy - texnik asoslari” mavzusida ilmiy ish olib borilmoqda.
“Elektr texnologiyalar va elektr jixozlardan foydalanish” kafedrasida Ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan loyihalar
№ |
Ilmiy tadqiqot ishlarining mavzulari |
Loyihaning maqsad va vazifalari |
Kutilayotgan ilmiy, amaliy va iqtisodiy natijalar |
1 |
Qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan foydalanish texnologiyalarini rivojlantirishning ilmiy‑metodologik asoslari (qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish misolida) |
Qishloq xo‘jaligi iste’molchilarida va texnologik jarayonlarda QTEM dan foydalanish samaradorligini oshirishni nazariy va amaliy yechimlari bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladi. Qishloq xo‘jaligi energotexnologik jarayonlari lokal energiya ta’minoti tizimini shakllantirish ilmiy metodologik asoslari ishlab chiqiladi. |
Ishlab chiqilgan ilmiy metodologiya qishloq xo‘jaligida QTEMdan foydalanishga asoslangan texnologiyalarini rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratadi va bu agrar soxada energetik, ekologik va ijtimoiy samara beradi. |
2 |
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarida elektrofizik ta’sirlar va qayta tiklanuvchi energiya ma’nbalarining (QTEM) energiya samaradorlik omillaridan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy yechimlari. |
Mavzuga oid bo‘yicha Respublik va xorijda olib borilgan ilmiy tadqiqot izlanishlari natijalari, patent ma’lumotlari taxlil qilinadi. Zamonaviy texnologik va texnik yechimlarining energoekologik va texnologik takomillashtirish prinsiplari va yo‘nalishlari shakllantiriladi. Energiyatexnologik jarayonlari samaradorligini oshirishning nazariy asoslari ishlab chiqildi. |
Agrosanoat majmui tarmoqlarida energiyatexnologik jarayonlariga oid eng zamonaviy ilmiy texnik yechimlarni o‘rganish va ularni taxlili natijasida qo‘yilgan muammolarni hal etish usullari aniqlanib maqsad va vazifalar belgilanadi. Xar bir texnologik jarayon uchun energiya sarf xarajatlari tahlil qilinadi va ularda energiya tejash choralari ishlab chiqiladi. Oraliq hisobot tayyorlanadi |