Kafedra haqida

«Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi» kafedrasi mudiri,

 Texnika fanlari nomzodi, dotsent

Berdishev Abduraxim Sulaymanovich

Тел.: +99890-932-62-21 

Email: berdyshev66@bk.ru

 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24 maydagi 3003-sonli qaroriga asosan “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” ga “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” nomi berilishi munosabati bilan “ Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakulteti tarkibida “Elektrotexnologiyalar va elektr jixozlaridan foydalanish” kafedrasi  tashkil etildi. Kafedra dastlab 1979 yil 15 dekabrda “Elektr yuritmalar va elektr energiyasini qo‘llash” kafedrasidan “Qishloq xo‘jaligida elektr energiyani qo‘llash” nomi  bilan  ajralib chiqqan. Institut ilmiy kengashining  qaroriga ko‘ra 2001 yil 5 iyundan “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi va ta’mirlash” nomi bilan atalgan. Kafedrada tashkil etilgan 1979 yildan 2004 yilgacha professor A.R.Radjabov raxbarlik qilgan. O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar maxkamasining “Qishloq va suv zo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomilashtirish to‘g‘risidagi” 2004 yil 415-sonli qarorini bajarish maqsadida kafedraga “Qishloq xo‘jaligi elektr ta’minoti” qo‘shib olinib, 2004 yildan “Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti va elektr jixozlaridan foydalanish” nomi bilan faoliyat yuritib keldi. 2004 yildan 2011 yilgacha dotsent  A.S.Berdishev, 2014 yildan 2017 yilgacha  dotsent N.T.Toshpo‘latov  kafedraga mudirlik qilgan. O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017 yil 25 maydagi PQ-3003-sonli qaroriga asosan “Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti va elektr jixozlaridan foydalanish” kafedrasi “Elektrotexnologiyalar va elektr jixozlaridan foydalanish” va “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi kafedralariga bo‘lindi. Keyingi yillarda cheklangan suv zaxiralaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi yerlari biofondini tiklash, sho‘rlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni qayta foydalanishga kiritish, ekotizimlar biologik xilma-xilligini saqlab qolish, «yashil energetika» va agrotexnologiyalar kabi muhim yo‘nalishlarda ta’lim, ilmiy tadqiqot va ishlanmalar transferini samarali yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan talabdan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2021 yildagi PQ-42-son “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Bu qarorga asosan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlandi. PQ-42-son qarorga asosan  Gidroenergetika, irrigatsiya tizimlarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’ektlari qurilishi, kadastr va geoinformatika, «yashil iqtisodiyot», «yashil energetika», ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, raqamli texnologiyalar tarmoqlari uchun oliy ma’lumotli muhandis kadrlarni tayyorlash  Universitetning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2021 yildagi PQ-42-son “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 yili “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Ilmiy kengashining №1AF qaroriga asosan “Elektrotexnologiyalar va elektr jixozlaridan foydalanish” kafedrasi “Elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi qilib o‘zgartirildi. 2017 yildan kafedraga t.f.n., dotsent A.S.Berdishev raxbarlik qilib keladi. Kafedra a’zolari fakul’tetning ilmiy-tarbiyaviy faoliyatida faol ishtirok etib kelganlar. Kafedrada professorlar Radjabov A.R., Ismoilov M.I., Muxammadiev A.M., Musabekov P.M., Muratov X.M., doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, har birlari o‘z ilmiy maktabini yaratganlar. Qator yillarda yana kafedrada quyidagi olimlar t.f.n., dissertatsiyasini tayyorlab, himoya qildilar: M.M.Egamberdieva, I.D.Toshev, I.N.Belokovskiy., M.I.Ibragimov, Sh.M.Muzaffarov, A.D.Raxmatov, T.M.Bayzakov, N.T.Toshpo‘latov, B.Sh.Fayzullaev, A.J.Isokov, O.T.Axmedov, A.Bakiev, I.Nuritov, D.Raxmatov, Abdulla Said Morshed, Rabbabax A. Bu olimlar bugungi kunda Respublikamizning va xorijiy mamalakatlarning turli muassasa va tashkilotlarida o‘z ilmiy izlanishlari asosida  faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda. Kafedrada tashkil qilingan  vaqtdan buyon “Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini quritish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarida elektrotexnologiya usullarni qo‘llash” mavzusida ilmiy maktab hozirgi kunda ham Respublikamizda salohiyali yo‘nalishlardan biri deb xisoblanadi. Kafedra tashabbusi bilan O‘zbekistonda Respublikasida ilk bor “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi dsc.03/30.12.2019.t.10.01 raqamli ilmiy kengash qoshida 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi yo‘nalishida dissertatsiyasi himoyalari ga oshirilmoqda. Bugungi kunga kelib 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi yo‘nalishida 8 ta texnika fanlari bo‘yicha fan doktori (ScD) va 50 ortiq texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) o‘z dissertatsiya ishlarini  himoya qildi. Bugungi kunda “Elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasida  texnika fanlari nomzodi, dotsent A.S.Berdishev mudirlik qilmoqda.  Ayni vaqtda kafedra a’zolari t.f.d., professorlar A. Isakov, Boqiev A.A t.f.n., dotsentlar M.Ibragimov, T.M.Bayzakov. R.F.Yunusov, O.Q.Matchonov, A.A.Turdiboev, N.M.Eshpo‘latov, N.A.Nuralieva, Sh.Yusupov, N.M.Markaev., labratoriya mudiri R.Abdullaeva laborantlar N.R.Raxmanova, A.N.Maxsetova va S.T.Nuraliev faoliyat olib bormoqda. Kafedrada 2022 yil ilmiy-tadqiqot ishlarining rejasidagiga asosan 5.3 “O‘simliklar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, tabbiy va oqova suvlarga ishlov berish elektrotexnologiyasini rivojlantirish ilmiy metodologik asoslari” ilmiy mavzusida, 20 20-2022 yillarga mo‘ljallangan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarida elektrofizik ta’sirlar va qayta tiklanuvchi energiya ma’nbalarining (QTEM) energiya samaradorlik omillaridan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy yechimlari”” mavzularida ilmiy ish olib borilmoqda. Kafedra qoshida 05.05.07. “Qishloq xo‘jaligida elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi bo‘yicha 5- ta tayanch doktorant tayyorlanmoqda:  “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasida “Yosh olimlar ilmiy-ijodiy” to‘garagi mavjud bo‘lib, hozirgi kunda to‘garakga magistratura talbalaridan 2 nafar, bakalavriyat talabalaridan 6 nafar talabalar a’zo bo‘lgan bo‘lib, ko‘plab ilmiy hamda amaliy loyhalar ustida ishlar olib bormoqda.  Kafedradagi barcha professor- o‘qituvchilari to‘garakga a’zo talabalarga biriktirilib, to‘garak  ish rejasi, mashg‘ulotlarini  olib borish grafigi tuzilgan. Kafedrada O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Energetika va avtomatika” (ITI) Ilmiy tadqiqot instituti, “Elektr qishloq qurilish” AJ korxonasi, “Toshkentdonmahsulotlari” AJ korxonasi, Toshkent yog‘-moy kombinati AJ, “Toshkent issiqlik markazi” AJ korxonasi Щzbekiston energetika vazirligiga ыarashli  “Xududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ  korxonalari bilan xamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Kafedra Qozog‘iston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlishtirish  ITI va Bellarusiyaning  Zamonaviy tajriba uskunalarini  ishlab chiquvchi “NTP Sentr” tashkiloti bilan aloqalar o‘rnatilgan va xamkorlik ishlarini olib borilmoqda.


Qishloq va suv xo'jaligi energiya ta'minoti fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar