Zafar yor bo‘lsin

“Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti 5313200-"Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketing ta’lim" yo‘nalishi 312 - guruh talabasi Lutfullaev Muzaffar Fayzullo o‘g‘li katta yutuqqa ega bo‘ldi. 14-16 dekabr kunlari Qozog‘istonning Chimkent shahrida bo‘lib o‘tgan sportning “Turon jangi” turi bo‘yicha Osiyo kubogida ishtirok etdi. U 80+ kg toifasida 1-o‘rinni egalladi va O‘zbekiston Respublikasi sharafini himoya qilib oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov