Konstitutsiya bilimdoni

2019 yilning 16 dekabr kuni "Qishloq va suv xo‘jaligining energiya ta’minoti" fakultetida talaba yoshlar o‘rtasida konstitutsiya targ‘ibot oyligi munosabati bilan “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad Bosh qomusimizning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish orqali yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolligini ta’minlashdan iboratdir. Tanlovning savol-javob shartida ishtirokchilar Konstitutsiyamizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatiga doir bilim va tushunchalarini sinovdan o‘tkazdi. TJIChAB yo‘nalishi 307-guruh talabasi Turdiev Tursunpulat 1 – o‘rinni, TJIChAB yo‘nalishi 307-guruh talabasi Ismoilov Sherzod 2 - o‘rinni , TJIChAB yo‘nalishi 307-guruh talabasi Aliboev Sardor TJIChAB 3 – o‘rinni egallashdi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

"Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti" fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Botirov axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov