BESH TASHABBUS BIZ BILAN!

Fakultetimiz qizlari istiqomat qiladigan 4-talabalar turar joyida talaba qizlar bilan suhbat olib borildi.Beshinchi yo'nalish bo'yicha qizlarga fakultet tyutorlari G.Axmedjanovna hamda Z.Nuraliyevalar maslahatlar berishdi.
Jumladan, o'qishga xalaqit qilmagan holda turli hunarlar orqali ham o'z-o'zini band qilish (sovundan turli gullar yasash, bokallarga qo'shimcha bejirim bezaklar berish, shokoboks, fotoboks singari yangi hunarlar) mumkinligi ta'kidlandi.

Qolaversa, opalarcha berilgan bu samimiy maslahatlar bo'lajak uy bekasi, oila qirolichasi bo'ladigan qizlarimizga foydali bo'ldi degan umiddamiz.

"QSXET" fakulteti tyutorlari

G.Axmedjanova, Z.Nuraliyeva