Muvaffaqiyatli himoyalar

22 iyun kuni “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasida 2018/2019 - o‘quv yilining o‘quv jarayoni grafigiga asosan “Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti” fakulteti 5430200-«Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish» ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari bitiruv malakaviy ishlarining himoyasi o‘tkazildi.

Institut rektorining 2019 yil 11 maydagi №462a/f sonli qaroriga asosan Davlat attestatsiya komissiyasi raisi etib “Uzbekenergo” AJ ilmiy texnika markazi MChJ direktori, t.f.d., professor X.M.Muratov, a’zolar: AJ “Qishloqenergoloyiha” bosh direktori A.M., Radjabov va Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti “Elektr transporti va yuqori tezlikdagi elektr harakat tarkibi” kafedrasi mudiri, professor U.T., Berdievlar taklif qilingan.

Himoya davomida bitiruvchi Oytuvg‘onov Nurbek Abdumalik o‘g‘li dotsent O‘.Xoliqnazarov rahbarligida “Qumqo‘rg‘on tumanidagi pilla qabul qilish sexini loyihalash va quritish qurilmasini avtomatik boshqarish sxemasini ishlab chiqish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga texnologik maket ishlab chiqqan. U 88 ballga himoya qildi. Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo‘yicha bitiruvchilardan Ashurov Ravshan, Diniqulov Davlatlar texnologik maketlar yordamida himoya qildilar.