Amaliy va fundamental tadqiqotlar bo‘limida ko‘chma dars

2019 yil 7 may kuni QSXET fakulteti 309, 310a-guruh talabalari uchun “Svetotexnika va elektrotexnologiya” fanidan “Ultrabinafsha nurlatish manbalari bilan tanishish va ish rejimlarini o‘rganish” mavzusida “Bosh maxsus konstruktorlik byurosi” (“BMKB-Agromash” AJ) korxonasida ko‘chma dars tashkil etildi. Talabalar  ko‘chma dars davomida korxonaning Amaliy va fundamental tadqiqotlar bo‘limi xodimlari tamonidan yaratilgan ultrabinafsha nurlatgich orqali o‘simliklarni elektravjlantirish qurilmasining tuzilishi ish rejimlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ultrabinafsha nurlarini inson organizmiga, hayvonlarga va o‘simliklarga ta’siri haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bugungi kunda ultrabinafsha nurlatgichlarning qishloq va suv xo‘jaligida qo‘llanilishi, mahsulotlarga birlamchi ishlov berishda ultrabinafsha nurlarning ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lishdi. Ko‘chma darsni “ET va EJF” kafedrasi dotsenti T.M. Bayzakov, assistentlar A.A. Turdiboev, Sh.B.Yusupovlar tashkil etishdi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov