Amaliy seminar

2019 yil 6 aprel kuni soat 13:30 da V-602 - xonada “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Abduraxman Radjabov tomonidan “texnika bo‘yicha fan doktori – DSc va falsafa doktori –PhD ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan qo‘yilgan talablar” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida ilmiy muammo nima, uni izlash, dissertatsiya mavzusini shakllantirish, muammoni yechish bo‘yicha ishchi gipotezani ilgari surish va isbotlash bo‘yicha nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borish, tadqiqotlar natijasini ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatini aniq ifodalash, ularni amaliyotga joriy etish, chop etish hamda dissertatsiyani rasmiylashtirish masalalari keng qamrovli yoritildi. Shuning bilan birgalikda dissertatsiyaga OAK tomonidan qo‘yilgan talablar, dissertatsiya ekspertizasi bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi. Seminarda texnika sohasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan katta ilmiy xodim - tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchi tadqiqotchilar, magistratura talabalari va boshqa ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pedagogik kadrlar ishtirok etishdi.

Seminar “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi qoshida Institut rektori, professor O‘.P.O‘murzakovning 23.01.2018 yildagi 4-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “Qishloq va suv xo‘jaligida energiya samaradorlik va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” mavzudagi ilmiy seminar ish rejasi doirasida amalga oshirildi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov