Tabiat muzeyiga tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi — eng keksa ilmiy-ma’rifiy muassasa hisoblanadi. U 1876 yil 12 iyulda tashkil etilgan. “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” kafedrasi katta o‘qituvchi Durdona Alikarieva “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” fanidan QSXET fakulteti QXEA ta’lim yo‘nalishi 203 - guruh talabalari bilan 2019 yilning 2 may kuni o‘sha tabiat muzeyiga tashrif buyurishdi.

Talabalar muzey eksponatlarini kuzata turib, ona yurtimizning go‘zal tabiatini nafaqat fotolarda, balki diorama va ekspozitsiyalarda uning naqadar rang barangligini, takrorlanmas qirralarini yana bir bor guvohi bo‘lishdi. Muzeyga tashrif g‘oyat qiziqarli bo‘ldi fan o‘qituvchisi hamda talabalar muzeyning yoshlarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalashda ulkan hissasi borligini e’tirof etishdi.

GM fakulteti “Tuproqshunoslik va dexqonchilik” kafedrasi katta o‘qituvchisi Alikarieva Durdona axboroti.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov