Olimpiadaning ilk bosqichida

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassalarida tahsil olayotgan talabalar orasida iqtidorlilarini aniqlash, qoʻllab – quvvatlash, ularning qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, fanlar boʻyicha anʼanaviy talabalar Respublika fan olimpiadasining oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish va talabalar fan olimpiadasining 1 – bosqichini oʻtkazish haqidagi institut rektorining farmoyishini bajarish maqsadida kafedrada 25 va 28 mart kunlari “Suv xoʻjaligi elektr taʼminoti”, “Elektrotexnika materiallari” va “Qayta tiklanuvchan energiya manbalari” fanlaridan olimpiada oʻtkazildi. Institutimiz talabalari har yili Respublikada oʻtkaziladigan olimpiadalarda qatnashib institutimizni nufuzini oshishiga oʻzlarining hissalarini qoʻshib kelmoqda. Bu olimpiadada quyidagi talabalar faol qatnashdilar va bilimlariga yarasha nufuzli oʻrinlarni egallagan talabalar institut rahbariyati tomonidan diplomlar bilan taqdirlandilar.

Fanlar boʻyicha quyidagi talabalar nufuzli oʻrinlarga ega boʻldilar.

“ELЕKTROTЕXNIKA MATЕRIALLARI” fanidan

1. Raximova Nargiza Abdurasul qizi, Elektroenergetika yoʻnalishi 210 guruh talabasi, 215 ball bilan I oʻrin;

2. Abutov Baxtbergan Kembergenovich, Elektroenergetika yoʻnalishi 210 guruh talabasi, 205 ball bilan II oʻrin;

3. Poʻlatov Nuriddin Zaxritdin oʻgʻli, Elektroenergetika yoʻnalishi 210 grux talabasi, 170 ball bilan III oʻrin.

“SUV XOʻJALIGI ELЕKTR TAʼMINOTI” fanidan

1. Abdullayev Mashrab Xamro oʻgʻli, Elektroenergetika yoʻnalishi 409 grux talabasi, 353 ball bilan I oʻrin;

2. Baxromova Matonat Anvarovna, Elektroenergetika yoʻnalishi 410 grux talabasi, 345 ball bilan II oʻrin;

3. Xoljigitov Asliddin Rajabali oʻgʻli, Elektroenergetika yoʻnalishi 410 grux talabasi, 335 ball bilan III oʻrin.

“QAYTA TIKLANUVCHAN ENЕRGIYA MANBALARI” fanidan

1. Parpiyeva Sevara Nurmuxammad qizi, Elektroenergetika yoʻnalishi 209 grux talabasi, 260 ball bilan I oʻrin;

2. Mirjamilova Sheroza, Elektroenergetika yoʻnalishi 210A grux talabasi, 240 ball bilan II oʻrin;

3. Sherqulov Avazbek Abduxoliq oʻgʻli, Elektroenergetika yoʻnalishi 210 grux talabasi, 225 ball bilan III oʻrin.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov