"Elektr yoritish va nurlatish” fanidan olimpiada

26 mart kuni soat 15.00 da V-606 xonada “Elektr yoritish va nurlatish” fanidan Respublika Fan Olimpiadasi 1- turi boʻlib oʻtdi. Respublika Olimpiadasini oʻtkazish kafedraning dolzarb va masʼuliyatli masalalaridan ekanligini va ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vazifalarini bajarishda bu masalaga keng eʼtibor berilayotganligini inobatga olib, “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi 26.03.2019 yilning soat 1500 da V-606 xonada “Elektr yoritish va nurlatish” fanidan Respublika Fan Olimpiadasi 1- tur bosqichi boʻlib oʻtdi va natijalari maʼlum qilindi. 1-tur olimpiadasida institutimizning “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakultetdan 5 nafar talabalar ishtirok etdi.

Respublika Olimpiadasini yuqori saviyada “Nizom” talablari asosida oʻtkazish talab darajasida amalga oshirildi. “Elektr yoritish va nurlatish” fan olimpiadasidan 1-tur natijalariga asosan “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti “Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi 3-kurs 301-guruh talabasi Xushboqov Botir Azamat oʻgʻli 352 ball natija bilan birinchi oʻrinni egalladi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov