Yangi yilga yangicha shukuh bilan

13 dekabr kuni 2-talabalar turar joyida yangi yil munosabati bilan tashkil etilgan bayramda "Qishloq xo‘jaligini energiya ta’minoti" fakulteti  faol ishtirok etishdi. Bayramga QSXET fakulteti dekani A.Isaqov, fakultet YOL bo‘yicha dekan muovini A. Botirov va tarbiyachi-pedagog psixolog D.Sagdullaeva qatnashdilar. Talabalarni yangi 2020-yil bilan tabriklab o‘qish va ishlarida omadlar tilashdi. Bayram tugagandan keyin 2-TTJ kengashi raisi L.Shomurodov  va Fakultet yoshlar yetakchisi F.Maxmudov tashabbusi bilan Qorbobo va qorqiz ishtirokida har-bir xonalarga chiqib Qorbobo savollariga javob bergan  tabalalarga yangi yil sovg‘alari berildi.

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov