Sport - sog‘liqqa sabab

“Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetining “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 301 va 302a guruh talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish doimo diqqat e’tiborda. Xuddi shu maqsadda “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti 302a guruh murabbiysi O‘.Xaliqnazarov talabalarni Toshkent Teleminorasi yonida joylashgan sport majmuasiga boshlab bordi. U yerda “Sport sog‘liq garovi” mazusida mini futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazildi. Unda 302a guruh talabalarining qo‘li baland keldi va ular g‘oliblik nashidasini surishdi.

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov