“ZAKOVAT” turnirida

2018 yil 4-noyabr kuni "Le Royal Palase" restoranida Toshkent shahar, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati institutlari o‘rtasida “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tdi. Bu turnirda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti talabalari ham faol ishtirok etishdi.  “Zakovat” turnirida 40 ta oliy ta’lim ishtirok etgan bo‘lib, institutimiz talabalari jamoasi undagi kuchli o‘ntalikdan o‘rin oldilar.

“Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Sh.O.Berdiev axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov