Energiya tizimiga oid muammoli maʼruza

TIQXMMI “Elektr texnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan V – oʻquv binosi 409 – maʼruza xonasida, “Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” taʼlim yoʻnalishi uchinchi bosqich 303 - guruh talabalari ishtirokida «Oʻzbekiston Respublikasi energiya tizimi strukturasi va yangi loyihalari» mavzusida maʼruza oʻtkazildi. Mazkur tadbirda “Elektr texnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Maʼruzada asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining tashkil etilishi va “Oʻzbekenergo” AJ korxonasi va “Oʻzelektrtarmoq” AJ korxonasi birgalikda vazirlikning tarkibiy qismi hamda elektr energiyasini uzatish, tarqatish, taʼmirlash va ekspluatatsiya qilish ishlari bilan shugʻullanishi va shunga oʻxshash muammolarni bartaraf etishda bu sabablarni keltiruvchi holatlarning oldini olish masalalari boʻyicha dolzarb muammolari yoritib berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika tizimining rivojlanish istiqbollari boʻyicha olib borilgan hisob-kitoblarga koʻra, 2030 yilga borib respublikaning elektr energiyasiga boʻlgan talabi 117,2 mlrd. kVt.soatni yoki 2018 yilga (66,1 mlrd. kVt.s) nisbatan 1,7 barobarga ortadi, shu jumladan, respublika aholisining isteʼmoli 19,5 mlrd.kVt.soatni (1,5 barobar), iqtisodiyot tarmoqlarining isteʼmoli – 70,6 mlrd. kVt.soatni (1,9 barobar) tashkil etadi.

2030 yilga borib kuz-qish mavsumida elektr energiyasi isteʼmoli tigʻiz vaqtlarda jami elektr yuklamasi, 2018-2019 yil kuz-qish mavsumidagi 11 ming MVtga nisbatan, 20 ming MVtga teng boʻladi. Natijada, 2030 yilga borib respublikada elektr energiyasiga boʻlgan talab 1,8 barobarga (+ 10 ming MVtga) ortishi haqida tushuncha berib oʻtildi.

“Elektr texnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi mudiri Abdurahim Berdishev axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov