Sport jismoniy zaruriyat

Do‘stlik bebaho tuyg‘ugina emas, balki san’at, go‘zallik hamdir. Biz do‘stlarni ardoqlagan kishini sharaflaymiz, ko‘p do‘stga ega bo‘lish munosabatlarda samimiyatning ustunligini belgilaydi. Turli yo‘sindagi musobaqalarda ana shu his hukmron bo‘lishi shart. O‘zbekiston Respublikasida “Yoshlarga oid Davlat siyosati” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash hamda talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish va bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida 28 aprel kuni Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti "Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti" fakultetida "Dekanat kubogi" shiori ostida Futbol musobaqasi tashkil etildi.

Ushbu musobaqada fakultetimiz barcha iqtidorli, sportga ishtiyoqi baland talabalar o‘z guruhlari bilan ishtirok etdi. Musobaqa barcha guruhlar o‘rtasida tashkil etilganligi sababli o‘yinlar o‘ziga hos tarzda shiddatli bo‘ldi. Yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tgan musobaqamizda yuqori salohiyat egalari 212-guruh talabalari 1-o‘rin, 409 guruh talabalari 2-o‘rin va 401-guruh talabalri 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Bunday tadbirlar, musobaqalar davom etadi fakultet faollaridan yanada tashabbuskorlikni kutib qolamiz.

Ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sh.Berdiev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov