O'qitiladigan fanlar

Bakalavriat bosqichida

1

Fan nomi

Qisqacha mazmuni

2

Mutaxassislikka kirish

O‘zR suv xo‘jaligini avtomatlashtirish holati va rivojlanish perspektivalari. O‘zbekistonda irrigatsiya tizimlarining rivojlanish tarixi. Gidromeliorativ tizimlar avtomatlashtirish va boshqarish ob’ekti sifatida. ABT , IChABT, TJABT va boshka umumiy terminologik tushunchalar. Gidromelioratsiya tizimlarini avtomatlashtirish va boshkarishda mutaxassisning roli va tutgan o‘rni. Gidromeliorativ tizimlari, nasos stansichlari, gidrotexnika inshootlarining avtomatlashtirish vositalarini ekspluatatsiyasi mutaxassisi. Shu jumladan, suv xo‘jaligi kompleksi ob’ektlarining asosiy uskuna va qurilmalari, avtomatikaning texnik vositalari, zamonaviy raqamli texnika, axborot texnikasi, mikroprotsessor texnikasi, kompyuter texnologiyalarini zamonaviy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ASUTP). Gidromeliorativ tizimlarida ilmiy- texnik progress. Institutda ilmiy-tekshirish ishlari. Talabalar ilmiy jamiyati. TIQXMMI va uning tarixi. O‘zbekistonda uzluksiz ta’limning milliy dasturi.

3

Boshqaruvda elektronika va mikroprotsessor texnikasi

Elementlarni qo‘llashning nazariy masalalari, fotoelementlar, yarim o‘tkazgichlar, diodlar, tranzistorlar, stabilizatorlar, ta’minlash bloki, to‘g‘rilagichlar, filtrlar, kuchaytirichlar, matiqiy elementlar, analog va raqamli integral mikrosxemalarning asosiy element bazasi, integral operatsion kuchaytirgichlar bazasida yig‘ilgan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok kuchaytirgichlari, mikroprotsessor texnikasining funksional elementlari, klassifikatsiyasi va tarkibi, signallarni o‘zgartirish va ishlov berish

4

Avtomatlashti rishning texnik vositalari

Avtomatikaning texnik vositalari klassifikatsiyasi, statik va dinamik xarakteristikalari, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning umumiy sxemasida texnik vositalarning o‘rni, informatsion, texnologik operatsiyalarning texnik vositalari. Avtomatlashtirish datchiklari: parametrik datchiklari – aktiv va reaktiv karshiligi generatorli datchiklari, fizik parametrlar datchiklari, funksional va mantikiy elementlari, kuchaytirgichlar, komanda beruvchi, solishtiruvchi va maxsus qurilmalari, diskret elementlar va uskunalar, ijrochi mexanizmlar, avtomatik rostlagichlar, elektr manbalar, avtomatlashgan tizimlar tomonidan qo‘yiladigan dinamik va metrologik xarakteristikalar. Operativ boshqarish va nazorat vositalari. Raqamli texnika asoslari. Mantiqiy algebrasi. Impuls texnikasi. Shifratorlar, deshifratorlar. Takt impulslar generatorlar. Modulyatorlar va demodulyatorlar. Analog – raqamli o‘zgartirgichlar (ASP), raqamli analog o‘zgartgichlar, interfeys, boshqarish uchun kompyuter bilan bog‘liqligi.

5

Texnologik nazorat asboblari

Texnologik nazorat asboblari va ularning klassifikatsiyasi. Avtomatlashtirilgan texnologik nazorat tarkibi. Avtomatlashtirilgan o‘lchov, avtomatlashtirilgan signalizatsiyasi. Avtomatlashtirilgan axborot yig‘ish. Avtomatlashtirilgan saralash. Texnologik nazorat asboblari, o‘lchash xatoliklari va aniqlik sinfi. Texnologik nazorat asboblarining tuzilishi va asosiy elementlari. Suyuklik va sochiluvchan moddalar satxining balandligini nazorat kilish. Suyuqliklarning tarkibini analiz qilish. Moddalarning namligini o‘lchash. Avtomatlashtirilgan nazorat sistemlari va uning samaradorligi. Pnevmatik o‘zgartkichlar. Texnologik signallash, ximoya va blokirovkalash sxemalari va kurilmallari.

6

Avtomatik boshqarish nazariyasi

Boshqarish ob’ekti, boshqaruvchi uskuna, ta’sirlar , statsionar va nostatsionar tizimlar, bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli tizimlar,barqarorlashtiruvchi (stabillashtiruvchi), dasturli va kuzatuvchi tizimlar, chiziqli dinamik tizim, dinamik tizimning o‘tish funksiyasi, o‘tish jarayonining sifati,o‘tish jarayoni sifatining amaliy ahamiyati, rostlash vaqti, statik xato, ortiqcha rostlash, tebranuvchanlik, so‘nish dekrementi tushunchalari, Solodovnikov qutilari, sintez masalasi, avtomatik boshqarish tizimlari (ABT) ning elementlari va bo‘g‘inlarni xamda ABT larning tasnifi, chiziqli ABT lar nazariyasi bo‘yicha bilimlar: chiziqli ABT larni matematik ifodalash, ularning statsionar rejimlari va barqarorligi, ulardagi o‘tish jarayonlarining sifati xamda ABT larning dinamik xossalarini korreksiyalash va sintez qilish tartibi, nochiziqli ABT lari, ularning xususiyatlari, statsionar rejimlari va barqarorligi, ulardagi o‘tish jarayonlarini sifati va korreksiyalash to‘g‘risidagi tushunchalar, diskret va optimal ABT lar hamda ularning asosiy ko‘rinishlari, boshqarish, modellashtirish va identifikatsiya, boshqarish ob’ekti, boshqarish tizimi, boshqarish algoritmi, aprior va aposterior informatsiya, model – boshqarish ob’ekti haqida mujassamlangan informatsiya, modellashtirish, analitik va eksperimental (tajribaviy) usullar modellarning turlari, matematik modellar analitik usul qo‘llanilganida olinadigan natijalarni qayta ishlash

7

Texnologik jaryonlarni

identifikatsiya lash va modellashtirish

Identifikatsiyalash mezoni, modellarning tasnifi, statik va dinamik modellar, statsionar va nostatsionar modellar.

Texnologik jarayonlar va ob’ektlarni modellarini shakllantirish usullari va boshqaruv tizimlarini zamonaviy xisoblash usullari. Fazo va xolatlar usulli va boshqalar, turgunlik analizi va xisoblash boshqaruv tizimlarini analiz iva sintezi, modellashtirish masalalarini yechish uchun dasturiy vositalar. (Matlab, Matcad, Siam, SS dr. )

9

Boshqaruv tizimlari va avtomatika tizimlarining ishonchliligi

Boshqaruv tizimlari va avtomatika tizimlarining ishonchliligi va diagnostikasi-ning umumiy masalalari, ularning texnologik jarayonlar va ob’ektlarni ishonchliligini aniqlashning zamonaviy xisoblash usullari

 

10

Avtomatik tizimlarni loyihalash

Loyihalashning umumiy masalalari va loyihalashda asosiy me’yoriy hujjatlar. Avtomatik tizimlarni loyihalash, texnologiya va texnologik jihozlarni muofiqlashtirish, me’yoriy hujjatlar, loyihalarning tarkibi va mazmuni, texnologik jarayonlarning struktura, funksional-texnologik va prinsipial sxemalari, boshqariluvchi ob’ektlarni tadqiq etish, rostlagichlar turini, nazorat o‘lash asboblari va avtomatlashtirish vositalarni tanlash. Birlamchi o‘lchash o‘zgartgichlarini tanlash, ijro mexanizmlarini tanlash, rostlash organlarini tanlash. Avtomatik sistemalarining elektr manba qurilmalarini loyihalash. Shchit va pultlarni loyihalash. Avtomatik sistemalarning yerga ulash qurilmalarini loyihalash. Avtomatik sistemalarning puxtaligi va texnik – iqtisodiy samaradorligi.

11

Loyixalashni avtomatlashtiril-gan tizimlari

Loyihalash jarayonini avtomatlashtirilgan tizimlarining asosiy komponentlari. Loyihalash jarayonlarini modellashtirish. Sxemalar ishlab chiqish. Loyihalash jarayonining avtomatlashtirilgan tizimlari arxitekturasi. Ma’lumotlarning modeli. Loyihalash jarayonining avtomatlashtirilgan tizimini realizatsiya qilish metodologiyasi. LJAT ni ishlab chiqish vositalari va usullari. Mashina grafikasi. Interaktiv grafik tizimi. Samarali ma’lumotlar bazasini yaratish. Loyihalash jarayonining avtomatlashtirilgan tizimining injenerlik usullari.AutoCAD, AutoCAD (Kompas): umumiy ma’lumotlar; koordinatlar tizimi; oddiy (primitiv)lar xossalari; ekranni boshqarish; ob’ektlarni qurish; chizmalarni shakllantirish komandalari; chizmalarni tahrirlash; fazo va chizma kompanovkasi; uch o‘lchamli ob’ektlarni shakllantirish; uch o‘lchamli fazoda tahrirlash; uch o‘lchamli modellarni vizuallashtirish; ilovalar bilan ishlash.

12

Gidromeliorativ tizimlarda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish

Gidromeliorativ tizimlari, nasos stansiyalari, gidrotexnika inshootlari, ichimlik suvi nasos stansiyalari texnologiyasi, avtomatlashtirish vositalari bilan ta’minlanganlik xolati haqida tasavvur hosil qilishi; gidromeliorativ tizimlarni boshqaruvi muammolari va tizimli yondashuv, lokal va kompleks avtomatlashtirish, gidromeliorativ tizimlarini bir–biriga bog‘liq bo‘lgan avtomatlashtirish masalalari, suv xo‘jaligi ishlab chiqarishi ob’ektlarining avtomatlashtirish ob’ekti sifatidagi tavsifi, texnologik boshqaruv ob’ektlarining dinamik xususiyatlarini baholash va gidromeliorativ tizimlarni namunaviy texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish masalalari yuzasidan amaliy bilimlarga ega bo‘lishi; gidromeliorativ tizimlarda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini qo‘llash masalalari

13

Avtomatik tizimlar va elektr vositalarning montaji, sozlash va ekspluatatsiyasi

Avtomatlashtirilgan ob’ektning ishlab chiqarish va texnik tavsifi, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tavsifi; nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika xizmatining vazifasi va ahamiyati; avtomatlashtirilgan tizimlarni, texnik vositalarni va nazorat o‘lchash asboblarini sozlash, ekspluatatsiya qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy bilimga ega bo‘lish; nazorat asboblari va avtomatikaga texnik xizmat ko‘rsatish; avtomatlashtirilgan vosita va asboblari vedomostlar; nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika xizmati toifasini aniqlash; nisbiy ish sig‘imi koeffitsienti ko‘rsatgichi; kontrol o‘lchov asboblari va avtomatika xizmatining tarkibini aniqlash; ta’mirlash ishini o‘tkazish; asboblarni ko‘zdan kechirishni tashkillashtirish va o‘tkazish; xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni va malakasini aniqlash; texnik xizmat ko‘rsatish guruhi; texnik xizmat ko‘rsatish punktida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi; ishga tushirish, sozlash va montaj qilish ishlari; montaj ishlarining kalendarli reja – grafigi;

14

Suv xo‘jaligida texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari

TJABT (ASUTP) tushunchasi; sug‘orish tizimlarini texnologik boshkaruv ob’ektlari; avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va kibernetik tizimlari; GM tizimlarini boshqaruvi muammolari va tizimli yondashuv; lokal va kompleks avtomatlashtirish; GM tizimlarini bir – biriga bog‘liq bo‘lgan avtomatlashtirish masalalari; avtomatlashtirilgan tizimlarning funksiyalari va tarkibi; boshqaruv tizimlari. ABT larning texnik vositalari; TJABTlar mikroprotsessor texnikasi; TJABT ning funksional tarkibi; TJABT ning matematik ta’minoti; TJABT ob’ektlarini formalizatsiyalash; TJABT ning boshqaruv kompleksi; blok sxemalarining tiplari; algoritmlar; dasturlar; raqamli boshqaruv; informatsiya yig‘ish tartibi; operator maslahatchisi tartibi; supervizor boshqaruvi; gidromeliorativ tizimlarning TJABTlarda kommunikatsiyasi va aloqa; kompyuter bilan bog‘lash uchun qurilmalari; ob’ekt bilan modemli aloqa; TJABTda informatsion texnologiyalar; TJABTni tashkil qilish tartibi va bosqichlari; kanalning sxematik rejasi va basseynni boshqarish uchun tashkiliy – texnikaviy avtomatlashtirilgan strukturani tarkibi; kanalning rejimlarini boshqarish algoritmi; TJABTning iqtisodiy samaradorligi.

Magistratura bosqichida

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1.

Nochiziq avtomatik boshqarish tizimlari

Nochiziq avtomatik boshqarish tizimlari: boshqarish tizimlarini xarakteristikalashning asosiy belgilari bo‘lib boshqarishning maqsadi; boshqariladigan jarayon yoki tizim haqidagi axborotning xususiyati; nochiziq avtomatik tizimlarni matematik ifodalashni; nochiziq unsirlarni o‘zaro ulash chiziqlantirish usullarini, nochiziq tizimlarning muvozanat xolatini aniqlashni, muvozanat qolatlarning absolyut turg‘unligini tekshirishni; avtotebranishlarni tadqiq qilishni, optimal, adaptiv , ekstremal tizimlarning turlarini o‘rganuvchi fan.

2.

Boshqaruv ob’ektlarini tadqiq qilish

Boshqaruv ob’ektlarini asosiy tavsiflarini aniqlashning asosiy usullarini , tahlil jarayonida tajribada olingan ma’lumotlarni statistik va grafik qayta ishlash usullarini, boshqaruv ob’ektlari statikasi matematik modelini qurishda tarkibiy va parametrik identifikatsiyalash usullarini qo‘llash, boshqaruv ob’ektlari dinamikasi matematik modellarining asosiy turlari va ularni qurish, boshqaruv ob’ektlarini tadqiq qilishda masalani qo‘yilishini shakllantirish, asosiy bosqichlarni algoritmlash va dasturlash masalalarini o‘z ichiga oladi

3.

Gidromeliorativ tizimlarni texnologik jarayonlarini avtomatlashtirishning ilmiy asoslari

Gidromeliorativ tizimlari , nasos stansiyalari, gidrotexnika inshootlari, ichimlik suvi nasos stansiyalari texnologiyasi, avtomatlashtirish vositalari bilan ta’minlanganlik xolati haqida tasavvur hosil qilishi; gidromeliorativ tizimlarni boshqaruvi muammolari va tizimli yondashuv, lokal va kompleks avtomatlashtirish, gidromeliorativ tizimlarini bir – biriga bog‘liq bo‘lgan avtomatlashtirish masalalari, suv xo‘jaligi ishlab chiqarishi ob’ektlarining avtomatlashtirish ob’ekti sifatidagi tavsifi, texnologik boshqaruv ob’ektlarining dinamik xususiyatlarini baholash va gidromeliorativ tizimlarni namunaviy texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish masalalari yuzasidan amaliy bilimlarga ega bo‘lishi; gidromeliorativ tizimlarda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini qo‘llash masalalarini o‘z ichiga oladi

4.

Texnologik jarayonlarni kompyuterli boshqarish

Apparat-dasturiy vositalar yordamida hal qilinuvchi funksional vazifalarni tarqatilishini optimallashtirish, texnik vositalar kompleksini nomenklaturasini tartibga keltirish uchun sxematik, konstruktiv va dasturiy masalalarni o‘z ichiga oladi

5.

Intellektual tizimlar

Bilimlar bazasini modelini tasvirlanishi, ekspert tizimlarni boshqarish mexanizmi, bilimlarni olish usullari va ekspert tizimlar yaratishni instrumental vositalari , algoritmik yoki mantiqiy dasturlash tillarida sun’iy intellekt soxasidagi aniq masalalarni yechish, yechilayotgan masalani moxiyatiga asosan kerakli instrumental vositalarni tanlab. dastur yaratish uchun sxematik, konstruktiv va dasturiy masalalarni, avtomatlashtirish tizimlarida tadqiqotlarni o‘tkazish jarayonida zamonaviy texnik vositalar, jumladan intellektual tizimlarni qo‘llash hamda axborot yig‘ish masalalarini o‘rganuvchi fan

6.

Raqamli jihozlari va mikroprotsessorlar

Raqamli jihozlari va mikro protsessorlar fani fizik parametrlar datchiklari, funksional va mantikiy elementlari, kuchaytirgichlar, komanda beruvchi, solishtiruvchi va maxsus qurilmalari, diskret elementlar va uskunalar, ijrochi mexanizmlar, avtomatik rostlagichlar, operativ boshqarish va nazorat vositalari, raqamli texnika asoslari mantiq algebrasi , impuls texnikasi. modulyatorlar va demodulyatorlar, analog – raqamli o‘zgartirgichlar , raqam analogli o‘zgartgichlar, interfeys, boshqaruv tizimlarida mikroprotsessor vositalarini qo‘llash masalalarini o‘rganuvchi fan.

7.

Eksperiment natijalariga ishlov berish va shakllantirish

Tadqiqotlarni o‘tkazish hamda axborot yig‘ish, eksperiment natijalariga ishlov berish usullarini o‘rganish, boshkarish ob’ektlari tadqiqotida passiv tajriba o‘tkazish va aktiv tajribani optimal rejalashtirish usullari, dastlabki tajriba jarayonida tajriba ma’lumotlarini statistik va grafik qayta ishlash usullaridan foydalana olishi, tajriba natijalarini shakllantirish masalalarini o‘rganuvchi fan.