To'garaklar

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasida «Yosh elektriklar» to‘garagi mavjud bo‘lib, xozirgi kunda to‘garakga Magistratura talabalaridan 2 nafar, bakalavriyat talabalaridan 8 nafar talababalar a’zo bo‘lganlar. To‘garak ishtirokchilari elektr xavfsizlik qoyidalari, elektr ta’minot tizimida qo‘llaniladigan elektr qurilma va jixozlaridan foydalanish va ta’mirlash, elektromantaj texnologiyasi, stansiya va podstansiyalarda yoritish qurilmalarini tanlash va montaji, elektr xisoblagichlarni tarmoqqa ulash va xisoblash, guruxli shitlarni yig‘ish kabi mavzular bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladilar. Kafedradagi barcha professor-o‘qituvchilari to‘garakga a’zo talabalarga biriktirilib, to‘garak ish rejasi, mashg‘ulotlarni olib borish grafigi tuzilgan. Mashg‘ulotlar grafigiga asosan to‘garak a’zolari xaftaning payshanba va shanba kunlari 1600 dan 1800gacha V bino 701 va 702 xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. To‘garak mas’ul rahbari kafedra assistenti Babaev Aziz Galibovich tel: +998(97) 777-29-11.