O'qitiladigan fanlar

Bakalavriyat bosqichida

Fanning nomi

Fan xaqida qisqacha ma’lumot

1.

Algoritmlar va programmalash

Fanning maqsadi –talabalarga mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar uchun ishlab chiqilgan programma vositalarini o‘qiy olish, ushbu programma vositalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, rostlash, ishlab chiqish, kompilyatsiya qilish va ularni xotiraga yuklash jarayonlarini o‘rgatishdan iborat.

Fanning vazifasi – mamlakatimizda va xalqaro miqyosda mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar programma vositalarining hozirgi zamon holati va istiqbolini o‘rganish, zamonaviy mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar, raqamli texnikalar va ilg‘or informatsion texnologiyalarni suv xo‘jaligi va irrigatsiya sohasiga tadbiq etishdir.

2.

Elektrotexnikaning nazariy asoslari

Fanning maqsadi- elektrotexnik uskuna va jihozlarning elektr va magnit zanjirlarini malakali hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish va o‘rganishdan iboratdir.

Fanning vazifasi - elektrotexnikaning nazariy asoslari qonunlari, o‘zgarmas tok, o‘zgaruvchan tok, chiziqli va nochiziq zanjirlar hamda elektromagnit maydonni hisoblash, elektr zanjirlarini tahlil va sintez qilishni o‘rganish, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha amaliyotda keng ishlatiladigan elektrotexnik, elektron qurilmalarning va turli elektr o‘zgartgichlarning ekvivalent elektr zanjirlarini hisoblashni o‘rganishdir.

3.

Elektrotexnika va elektronika asoslari

Fanning maqsadi- Elektrotexnika, Elektronika va Avtomatika sohasida fan va texnika yutuqlarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga tadbiq qila oluvchi injener-bakalavr sifatida shakllanishiga ko‘maklashishdir.

Fanning vazifasi - elektrotexnika, elektronikaning asosiy qonunlari, elektr va elektron zanjirlarni tahlil qilish va hisoblash usullarini, fermer xo‘jaliklari tashkil etish va uning texnik servisi sohasida ishlatiladigan elektrotexnik qurilmalarning konstruksiyasi va ish rejimlarini, elektrotexnik apparat va mashinalarni tanlab olish, manbaga ulash, ularni boshqarish va xavfsiz samarali ishini ta’minlashda amaliy tajribaga ega bo‘lishdir va o‘rganishdir.

4.

Elektr mashinalari va elektr yuritma

Fanning maqsadi- Elektr mashina va elektr yuritma fanidan nazariy va amaliy jihatdan puxta tayyorlab, ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan elektr mashina va elektr yuritmalarning ishlash prinsipi va ularni to‘g‘ri tanlashni malakali hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish va o‘rgatishdan iboratdir.

Fanning vazifasi – elektr mashina va elektr yuritmalarning tuzilishi, ishlash prinsipi, ularni yig‘ish va ulashni, xarakteristikalarini, ishga tushirish va tormozlab to‘xtatish prinsiplarini, boshqarish sxemalarini tuzishni, ularning quvvatini to‘g‘ri tanlashni hisoblashni hamda ulardan samarali foydalanishni o‘rganishdir.

5.

Metrologiya va elektr o‘lchashlar

Metrologiya va elektr o‘lchashlarga doir me’yoriy va huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish, o‘lchashning nazariy asosi bo‘lgan metrologiya fanini o‘rganish, o‘lchashlar va vositalar umumbirligi va talab etilgan aniqlikka erishish usullarini o‘rganishdan iborat.

Fanning vazifasi - mamlakatimizda va xalqaro miqyosda elektr o‘lchash va metrologiya sohalarining hozirgi zamon holati va istiqbolini o‘rganish, raqamli texnika va ilg‘or texnologiyalarni sohaga tatbiq etishdir.

 

MAGISTRATURA BOSQICHIDA

Fanning nomi

Fan xaqida qisqacha ma’lumot

1.

 Obyektga yoʻnaltirilgan programmalash tillari 

Fanning maqsadi – magistrlarga intellektual oʻlchash tizimlari va asboblaridan turli texnologik jarayonlarda foydalanishning samarali programma vositalarini ishlab chiqish, oʻlchash tizimlarida zamonaviy mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar kabi texnik vositalarning programmalarini yaratish, ularni malakali loyihalash kabi koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatishdan iborat. 
Fanning vazifasi –   magistrlarni nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar bilan boyitib, intellektual oʻlchash tizimlari va ularning programma vositalarini qishloq va suv xoʻjaligi ishlab chiqarish sohalariga samarali tadbiq etishda ilmiy va uslubiy yondashuv hamda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat.   

2.

 Noelektrik kattaliklarni elektr oʻlchashlar.Intellektual datchiklar.

Fanning maqsadi – magistrlarga noelektrik kattaliklarni elektr usulida oʻlchash usullari, ularning texnik vositalari, texnik tavsiflari, zamonaviy intellektual datchiklar va ularning tuzilish prinsipi haqida bilim berishdan iborat.
Fanning vazifasi –    magistrlarni noelektrik kattaliklarni elektr oʻlchash usullari va texnik vositalari haqida nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar bilan boyitish, zamonaviy intellektual oʻlchash datchiklari va ularning programma vositalaridan foydalana olish boʻyicha amaliy koʻnikmaga ega boʻlishi hamda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. 

3.

 Mikroelektronika zanjirlari

Fanning maqsadi - magistrlarda zamonaviy mikroelektronika elementlari, ulardagi fizik jarayonlar, elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalari, ular yordamida turli mikroelektronika qurilmalarini ishlab chiqish haqida, ularni malakali loyihalash va ishlatish kabi koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatishdan iborat.
Fanning vazifasi –   magistrlarni zamonaviy mikroelektronika elementlari va ulardagi fizik jarayonlar haqida nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar bilan boyitib, qishloq va suv xoʻjaligi ishlab chiqarish sohalariga tadbiq etishda ilmiy va uslubiy yondashuv hamda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat.   

4.

Raqamli texnika asoslari va raqamli sistemalar

Fanning maqsadi - magistrlarda hozirgi zamon raqamli texnika asoslari, raqamli texnikada ikkilik, oʻnlik va oʻn oltilik sanoq sistemalar asosida tuzilgan mikroprotsessor va mikrokontroller tizimlarining nazariy asoslari, ishlash prinsiplari va ular asosida tuzilgan raqamli sistemalar, ularni malakali loyihalash va ishlatish kabi koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatishdan iborat.
Fanning vazifasi –   magistrlarni nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar bilan boyitib, analog signallarni raqamli signallarga aylantirishning integral sxemalari asoslarini, mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar, raqamli texnikaning  ilgʻor programma vositalarini qishloq va suv xoʻjaligi ishlab chiqarish sohalariga tadbiq etishda ilmiy va uslubiy yondashuv hamda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat.   

5.

Injenerlik eksperimentlari va eksperimental statistika

Fanning maqsadi – magistrlarga injenerlik eksperimentlarini tashkil etish, eksperimentda ishlatiladigan oʻlchash asboblaridan toʻgʻri foydalanish, eksperimental olingan statistik natijalarni qayta ishlash va regression tahlil haqida bilim berishdan iborat.
Fanning vazifasi – magistrlarni eksperimentlar tadqiqotlar olib borishda olingan natijalarni tahlil qilish va tasdiqlash, samarali modellarni ishlab chiqish va oʻlchash asboblaridan toʻgʻri foydalanish boʻyicha koʻnikmalar hosil qilishdan iborat.   

6.  Asbobsozlikda elektrotexnik materiallar Fanning maqsadi – magistrlarda asbobsozlikda va oʻlchash tizimlarida elektrotexnik materiallarni qoʻllash, ularning tuzilishi, fizik xususiyatlari va ishlash prinsiplari boʻyicha nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar berishdan iborat. 
Fanning vazifasi– magistrlarni nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, asbobsozlikning elektrotexnik materiallari turlari, xususiyatlari, tuzilishi, koʻrsatkichlaridan amalda foydalana olish boʻyicha koʻnikmalarni hosil qilishdan iborat.
7. Elektr va elektron zanjirlarni modellashtirish (SIMULINK) Fanning maqsadi – magistrlarga modellashtirish boʻyicha nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, elektr va elektron zanjirlarda roʻy beradigan fizik hodisalarni zamonaviy programma vositalari, jumladan SIMULIK da modellashtirish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatishdan iborat.
Fanning vazifasi –  magistrlarni nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar bilan boyitib, elektr va elektron zanjirlarni programma vositalari, jumladan SIMULIKda matematik modelini ishlab chiqish va elektr va elektron zanjirlarning ishonchliligini taʼminlashda turgʻun va dinamik rejimlarni tahlil qilish hamda ularning optimal yechimlarini aniqlash usullarini oʻrgatishdan, qishloq va suv xoʻjaligi ishlab chiqarish sohalariga tadbiq etishda ilmiy va uslubiy yondashuv hamda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat.   
8. Elektr yuritmani adaptiv boshqarish Fanning maqsadi – magistrlarga turli elektr yuritmalarni adaptiv boshqarishning prinsiplari, usullari va elementlari, elektr yuritmaning ish jarayonida unga tashqi taʼsirlar va adaptiv qaror qabul qilish haqida nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. 
 Fanning vazifasi  - magistrlarni nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar bilan boyitib, elektr yuritmalarni turli adaptiv boshqarish usullaridan amalda foydalana olish boʻyicha amaliy koʻnikma hosil qilishdan iborat.