ENERGETIKAning g'olib yoshlar

Iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash "Ulug'bek jamg'armasi" tashabbusi bilan tashkil etilgan "Mirzo Ulug`bek vorislari" Respublika tanlovida yoshlar katta shijoat bilan qatnashishmoqda. “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash mahandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti ENERGETIKA fakulteti btalabalari orasida ham tanlovning tuman bosqichidan g'alaba bilan o'tib, viloyat bosqichiga qatnashish imkonini qo'lga kiritgan talabalarimiz safi keng.

Ana shu talabalarimizni tabriklash hamda keyingi bosqichlarga zafarlar tilab, qo'llab-quvvatlash maqsadida fakultet dekani A.Isakov, o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari A.Mutalov, ta'lim-tarbiya maslahatchilari B.Abdullayev,                    Z.Nuraliyeva,  D.Xudoynazarova, "Iqtidorli yoshlar bilan ishlash" to'garagi rahbari A.Nigmatovlar talabalarga o'z maslahatlarini berishdi hamda keyingi bosqichda  omadlar yor bo'lishini tilashdi. O'tgan yil aynan shu tanlovning Respublika bosqichida g'olib bo'lga 211-guruh talabasi Umarov Behruzbek ham o'z tavsiyalarini berib, faollikka chorladi. Biz sizlarga ishonamiz, g'alabalar bardavom bo'lsin aziz talabalar!

ENERGETIKA fakulteti tyutori Z.Nuraliyeva axboroti