Buyuk siymo xotirasi yoshlar qalbida

Sohibqiron Amir Temur shaxsini bilmagan, sarkardalik mahorati-yu, dovrug’ini eshitmagan talaba-yoshlar oramizda bo’lmasa kerak. Milodiy 1336-yil 9-aprel sanasida tavallud topgan bobokalonimiz xotirasiga bo’lgan chuqur hurmat biz tyutorlarni bu zot haqida talabalarga yanada ko’proq ma’lumotlar berishga undamoqda.

. “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti 1-kurs 110, 111-guruh talabalariga “Axborot soati” mobaynida bobokalonimizning shonli hayot yo’li haqida tushunchalar berildi. Dars qiziqarli ruhda  talabalarning faolligi, “Temur tuzuklari” asarining mohiyati haqidagi savol-javoblar asosida bo’lib o’tdi.

Buyuk siymo xotirasi yoshlar qalbida mangu yashashiga ishonamiz.

“QSXET” fakulteti tyutori Nuraliyeva Z.