«O‘zekspomarkaz»ga tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 avgustdagi 666-sonli Farmoyishiga muvofiq joriy yilning 3-5 oktyabr kunlari “Ipak yo‘lida turizm” 24-Toshkent xalqaro turistik ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. SHu munosabat bilan 2018 yil 4 oktyabr kuni “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti talabalari darsdan bo‘sh vaqtlarida guruh murabbiylari hamrohligida O‘zekspomarkaz”ga tashrif buyurishdi. Ko‘rgazma davomida talabalar bugungi kunda fan-texnika yutuqlari, san’at va madaniyat sohalariga oid ko‘rgazmalar bilan tanishdilar.