«FAN-TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH»

Malakaviy amaliyotlarni ilg‘or korxonalarda tashkil etish maqsadida 2017-2018 o‘kuv yilida kafedra o‘quv rejasiga asosan 5311000 - «TJICHA» yo‘nalishlarining 1-bosqichida «O‘quv –tanishuv» amaliyoti 2-bosqichida «Montaj-texnologik» amaliyoti, 3-bosqichida «Ekspluatatsion-ishlab chiqarish» amaliyotlari  Toshkent GES lari Kaskad unitar korxonasi, TATU qoshidagi, apparat  dasturli mahsulot va dasturiy vositalar ta’minotni markazi, DUK «Suvsoz» tresti, Buzsu inshootlari,  GUG va «Do‘stlik» kanallarida  o‘tkazilyapti.

Amaliyotlar Nizom va dasturlar talablari asosida tashkil etilgan. Amaliyotlar bo‘yicha institut rektori va mutasaddi vazirliklar buyruqlari chiqarilib, amaliyot samaradorligini oshirishga erishildi. 

DUK «Suvsoz» tresti Toshkent ichimlik suv ta’minoti shu’ba korxonasi CHilonzor tumani bo‘limida 2-kurs talabalariga «Fan-ta’lim, ishlab chiqarish» doirasida talabalar bilan  navbatdagi  ko‘rik-tanlov  o‘tkazildi. Tanlovda 2,3 – bosqich talabalari ishtirok etdilar.
2-bosqichli konkurs avtomatlashtirish sxemalarini  yozma ravishda chizib tushuntirib berish hamda amaliy ravishda shu sxemalarni yig‘ib ishga tushirib berish jarayonlarini o‘z ichiga oldi. Talabalar katta qiziqish bilan berilgan vazifalarni guruhlarga bo‘linib bajardilar. Natijada
2-bosqich talabasi Ibragimov Farrux 1-o‘rinni egalladi. Talabalarga Toshkent ichimlik suv ta’minoti shu’ba korxonasi direktori nomidan “FAXRIY YORLIQ”lar topshirildi.

Ushbu ko‘rik – tanlovda TJICHAB yo‘nalishi  2-kurs talabalari A.Smailov (1-o‘rin), F.Ibragimov (2-o‘rin), O.Xotamov (3-o‘rin) “Eng yaxshi ishlab chikarish amaliyotchisi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.