Munosib taqdirlov

Bugungi kunda yoshlarimiz bir qator yaxshi gʼoyalar, loyihalarni amalga oshirmoqdalar. Ular orasida har tomonlama isteʼdodli yoshlarimiz ham juda koʼp. Bugun ana shunday iqtidorli, tashabbuskor talaba-yoshlarni ragʼbatlantirish, maqsadida "Qishloq va suv xojaligi energiya  taminoti" fakulteti 8-zalida taqdirlash marosimi oʼtkazildi. Аytib oʼtish joizki, bugungi kunda fakultetda tahsil olayotgan har bir talaba iqtidorli, ular orasida oʼzining har tomonlama tashabbuskorligi bilan ajralib turadigan iste'dodli tashabbuskor hamda ilgʼor yetakchisi boʼlgan guruh sardorlari ham taqdirlandi. Iqtidorli talabalarni fakultet dekani A.Isakov, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini A.Mutalovlar taqdirlandilar.

Namangan viloyati Davlatobod tumani IT park filialida IDEATHON tanlovi bo’lib o’tdi:

Ushbu tanlovda universitetimizning “AUTONOMOUS” hamda “AVTOMATIKA” jamoasi a’zolari faol ishtirok etib “AGRO-TEXNOLOGIYA”  yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 2 va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining stipendiyasi sertifikatlari o‘z egasini topdi: 4-bosqich talabasi Komiljonov Behzod va 2-bosqich talabasi Sirojova Husniya “O‘zbekgidroenergo” AJ stipendianti bo’ldilar.

"O'zbekiston yoshlari forumi - 2021" doirasida Samarqand shahridagi IT Park Samarqand filiali binosida 15-dekabr kuni "Yoshlarning eng yaxshi innovatsion g'oyalari" hakatoni o'tkazildi.

Hakatonda QSXET fakulteti talaba yoshlaridan iborat Nigmatov_Azizjon_Maxkamovich rahbarligidagi AUTONOMOUSʼʼ jamoasi oʻz loyihalari bilan munosib ishtirok etdi va 23-dekabr kuni Samarqand yoshlar markazi binosida o'tkazilgan  "Yosh innovatorlar forumi" doirasida 30 ta jamoaning ichida eng yaxshi deb topilgan loyihalari uchun 5 000 000 so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida IT Park rezidenti “Astrum” IT-Akademiyasi 3 kun davom etadigan “ASTRUMHACK 2022” xakatonini tashkil qildi. Hakaton davomida kuchli mentorlar tomonidan Start Up g’oyalar va 3 kun davomida g’oyalarni loyiha sifatida shakllantirish bo’yicha mahorat darslari tashkil etildi. Haktonda 3 kun davomida universitetimizning “AUTONOMOUS” jamoasi a’zolari munosib ishtirok etishdi. Jamoa sifatidagi faol ishtiroki uchun hakaton SERTIFIKATLARI bilan tag’dirlandilar.

"ТИҚХММИ" МИЛЛИЙ ТAДҚИҚОТ УНИВЕРСИТЕТИ ҚСХЕТ факултети ТЖИЧAБ кафедраси 2-босқич талабаси Сирожова Ҳусния Ғулом қизи МДҲ давлатлари ўртасида ўтказилган «Илм-фандаги Энг яхши инноватор-2022» халқаро мақолалар танловида 1100 дан ортиқ иштирокчилар орасида Топ-150 инноваторлар қаторидан жой олди va DIPLOM hamda ko’krak nishoni bilan tag’dirlandi.

22-dekabr - ENERGETIKLAR  KUNI munosabati bilan “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari Instituti” Milliy tadqiqot Universitetida “Qishloq va suv xo'jaligi energiya ta'minoti” fakulteti hamda Ilmiy bo’lim xodimlari tashabbusi bilan “KELAJAK ENERGIYASI” nomli tanlov bo’lib o’tdi. “Eng yaxshi innovatsion ishlanma”, “Start up loyiha”, “Energiya tejashga da’vat etuvchi eng ta’sirli rasm”, “Eng yaxshi dasturchi”, “Eng yaxshi grafik dizayner”, “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” singari turli yo’nalishlarda barcha talabalar o’z loyiha va belgilangan talablar asosida ishtirok etishib g’oliblar munosib taqdirlandilar.

       Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qoʼllab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulgʼayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga boʼlgan intilishlarini ragʼbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʼyobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirsak, oʼylaymizki, kelajagimiz porloq boʼladi.

QSXET fakulteti dekan o'rinbosari A.Mutalov