Univesitetimiz talabalari turizmda ham faol!

Univesitetimiz talabalari turizmda ham faol

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 - yil 9 - fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq va suv  xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti dekani tashabbusi hamda tyutor J. Sa’dullayev bilan TJICHAB 204-guruhining shijoatkor, faol va iqtidorli talabalarni darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida madaniy hordiq chiqarish niyatida tarixiy viloyat bo’lmish Buxoroga tashrif buyurishdi. Jumladan, tarixiy ziyoratgoh  obidalardan bo’lmish yetti pir: Xo’ja Abduxoliq G’ijdivoniy , Xo’ja Muhammad Orif ar-Revgariy , Xo’ja Mahmud Anjir Fag’naviy, Xo’ja Ali Romitaniy , Xo’ja Muhammad Bobo Samosiy , Xo’ja Said Amir Kulol Buxoriy , Bahouddin Naqshbandiy yodgorlik majmualariga, tarixiy shahardagi qadimiy obidalariga talabalar bilan birga tashrif buyurishdi. Tarixiy obidalarning kim tomonidan qachon bunyod etilganligi va boshqa qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Undan tashqari talabalar bilan birga Amir Olimxon maqbarasiga ham tashrif buyurishdi. Bu tashrif talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.

QSXET fakulteti tyutori J.Sa'dullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati