KO'RGANLAR DARMONDA,KO'RMAGANLAR ARMONDA

KO'RGANLAR DARMONDA,KO'RMAGANLAR ARMONDA

         O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Tolib Xojiyev tomonidan tayyorlab kelingan she'rlar guldastasi barchaga birdek manzur bo'ldi. Shoir Abdulla Oripov she’rlari mahoratli ijro orqali qoyilmaqom tarzda talabalarga yetkazildiki, adabiyot ixlosmandi bo'lmagan tinglovchilar ham juda qiziqish bilan tinglab, zavq oldilar.

        Aktyor tomonidan tayyorlanganQarsak chaling…” nomi ostidaBir aktyor teatri badiiy kompozitsiyasiayniqsa "Qishloq va suv xo'jaligi energiya ta'minoti" fakulteti yoshlarining keng jamoasi qalbidan joy egalladi. Tadbir bahonasida tyutor Nuraliyeva Zilola hamda biriktirilgan guruh talabalarining O'zbekiston Qahramoni, millat shoiri Abdulla Oripov she'rlari ixlosmandlari ekanligiga guvoh bo'ldik. 

       O’zbekiston Davlat Satira jamoasi bilan imzolangan ijodiy memorandiumdan shodmiz, zero insoniyat borki, ma’naviy ozuqaga, madaniy hordiqlarga ehtiyoj sezadi. Xulosa qilib aytganda “Toshkent  irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti Madaniyat saroyida bo’lib o’tgan tadbirga kirganlar darmonda, kirmaganlar armonda!

Shoirim she’rlaringiz yangraganda davrada,

Yuraklarda ajib his mehmon bo’lib keladi.

Shoirim o’lmagansiz, yashaysiz yuraklarda!!!

Yurtim bo’ylab baralla, shunday degim keladi!

“QSXET” fakulteti tyutori Nuraliyeva Zilola axboroti