Fakultet malikalari hamisha e’zozda!

Fakultet malikalari hamisha e’zozda!

         Bahor fasli o’zi bilan bir qancha bayramlarni olib keldi.Jumladan, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami. Bu bayram bizning o’lkamiz bo’ylab juda kata tantana bilan nishonlanadi. Aynan ana shu bayram munosabati bilan  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqiot Universitetining “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakultetida ham o’ziga xos tarzda fakultet malikalarini tabriklash marosimi bo’lib o’tdi.

Oliygoh rektorining iliq so’zlari ila tayyorlangan bejirim tabriknomalar fakultet dejkani A.Isakov tomonidan o’qib eshittirildi va go’zal qizlarga samimiy tilaklar bildirilib, ko’tarinki ruhda tabriklash marosimi ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’ribosari, tyutorlr va Yoshlar Ittifoqi yetakchisi ishtirokida bo’lib o’tdi.

QSXET fakulteti axboroti