Qalbga yo‘l ta’lim-tarbiya orqali

Nima haqda kimlarga gapira olish ham san’at. Yosh avlodni ilmga chanqoq va bilimga tashna, fidoyi qilib o‘stirish uchun biz ularga qanot bo‘lishimiz kerak. Ilm – fanning qiymati va ahamiyatini yoshlar ongiga singdirishning xosiyati katta. Xuddi shu maqsadda o‘tkazilgan ushbu tadbir ham nihoyatda muhimdir.

“Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti O‘. Xaliqnazarov 324-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-10-11-sinf o‘quvchilari bilan “Ilmdan boshqa najot yo‘q” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi. Ochiq muloqot  davomida O‘. Xaliqnazarov Institutning tarixi, hozirgi faoliyati, fakultet va yo‘nalishlari haqida ma’lumot berib o‘tdi. Shundan keyin o‘quvchi yoshlarning qiziqqan savollariga to‘liq javob berdi.

Ochiq muloqot yakunida O‘. Xaliqnazarov bir qancha o‘quvchilarga jumladan, 11b-sinfning eng yaxshi ona tili o‘quvchisi To‘laganov Asqarga oliy ta’limga kirish uchun “Ona tilidan savollar to‘plami” kitobini, yana shu sinf o‘quvchisi eng yaxshi kitobxoni, Yoshlar ittifoqi yetakchisi Ganibaeva Navruza Shavkat qiziga O‘tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidan bitiklar” kitobini, 10a–sinfning eng yaxshi kimyo o‘quvchisiga oliy ta’limga kirish uchun “Kimyodan masalalar to‘plami” kitobini, 9e–sinfning eng yaxshi fizika o‘quvchisiga Akademik litseylarga kirish uchun “Fizika” kitoblarini sovg‘a qildi.

“Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan muovini Sh.O.Berdiyev axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov