Samarqand safarida

Ulug‘lar o‘tgan qadamjolarni ziyorat qilish inson ongu shuurini ma’rifat yog‘dusi bilan to‘yintirish demakdir. Ustoz va shogirdlarning muqaddas qadamjolarga tashrifi ruhiy xotirjamlik hamda shukronalik tuyg‘usini his etishga imkon tug‘dirishi tayin. QSXET fakulteti 210 a - guruh talabalari guruh rahbari "Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari" kafedrasi dotsenti Nusratillo Toshpo‘latov bilan birgalikda  Samarqandga birgalikda Samarqand shahrida joylashgan bir nechta ziyoratgohlarda bo‘lishdi.

Dastavval, sayohatning boshlanishi Imom Al-Buxoriy ziyoratgohidan boshlandi talabalar ziyoratgohda joylashgan muzey va Imom Al-Buxoriy qabri yonida uning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishishdi. Talabalar Hazrati Doniyol ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Islom ota maqbarasi, Shohizinda va Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi bilan ham yaqindan tanishishdi va katta tasavvurga ega bo‘lishdi.

      Ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sh.Berdiev axboroti

      Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov