“Energetiklar kuni” ga bagʻishlandi

2018 yil 22-dekabr kuni “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi taklifiga koʻra, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent shahar boʻlimi inspektori Yuldash Yusupbekov va “Oʻzbekenego” AJ ga qarashli Markaziy magistral elektr tarmoqlari korxonasi liniya xizmatlari boshligʻi Alisher Asanovlarning “Energetiklar kuni” munosabati bilan “Oʻzbekistonda energetikaning rivojlanishi” mavzusidagi muammoli maʼruzasi QSXET fakulteti professor-oʻqituvchilari va QXEA taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich 201-202-202 (a) - guruh talabalari ishtirokida V - bino, 6-Zal, soat 11:30da boʻlib oʻtdi. Tadbirni ochib berish uchun “ETvaEJF” kafedrasi mudiri A.Berdishev, “Qishloq va suv xoʻjaligini energiya taʼminoti” fakulteti dekani t.f.d. professor A.Isoqovga soʻz berdi.

QSXET fakulteti dekani A.Isaqov 22-dekabr “Energetiklar kuni” nima uchun aynan 22-dekabr kuni nishonlanishi toʻgʻrisida aytib oʻtdi va shu munosabat bilan barcha ustoz va murabbiylarni hamda shu sohada ishlab kelayotgan mutaxassislarni tabrikladi. Shundan keyin “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent shahar boʻlimi inspektori Yuldash Yusupbekovga soʻz berildi. Yu.Yusupbekov soʻzga chiqib, hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda energetikaning rivojlanishi boʻyicha Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan bir qancha Qaror va loyihalar ishlab chiqilganligi va bu loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida aytib oʻtdi. Bundan tashqari elektr energiyasiga boʻlgan talab jadallik bilan ortib bormoqda, ayniqsa buni qishloq va suv xoʻjaligi obyektlarida, ishlab chiqarish korxonalarida sezilarli oʻzgarishlarning boʻlayotganligini hech kim inkor etmaydi deya taʼkidlab oʻtdi.

Soʻngra soʻz “Oʻzbekenergo” AJga qarashli Markaziy magistral elektr tarmoqlari korxonasi liniya xizmatlari boshligʻi Alisher Asanovga soʻz berildi. A.Asanov Oʻzbekistondagi ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi va ularni isteʼmolchilarga sifatli yetkazib berilishi toʻgʻrisida barcha tinglovchilarga maʼruza qildi. Maʼruzadan soʻng professor-oʻqituvchilar va talabalar tomonidan maʼruzachilarga Oʻzbekistonda energetikani yanada rivojlantirish boʻyicha nima ishlar qilinayotganligi toʻgʻrisida savollar berildi, tegishli javoblar olindi. Bundan tashqari 2-bosqich iqtidorli talabalari ishlab chiqilgan loyihalari va laboratoriya qurilmalari hamda maketlari bilan ishtirok etishdi. Jumladan, 202(a)-guruh talabasi Nozimjon Shoazizov tomonidan gʻoyalashtirilayotgan “Shamol energiyasidan foydalanib, yoqilgʻini tejash” boʻyicha oʻz loyihasi bilan chiqib qisqacha maʼruza qilib oʻtdi. Yu.Yusupbekov barcha iqtidorli talabalarni, mazmundor kitoblar bilan tabrikladi. Shuni alohida aytib oʻtish kerakki, fakultet dekani A.Isaqov ham, kafedramiz professori A.Radjabov va dotsent M.Ibragimovni 22-dekabr kuni bilan fakultet nomidan esdalik sovgʻalari bilan qutladi!

“Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti Maʼnaviyat-maʼrifat ishlari boʻyicha dekan muovini Sh.O.Berdiyev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov