“Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakultetida “ARTEL - kompaniyasi ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, texnologiyalari, mutaxassislariga talablar” mavzusida muammoli maʼruza oʻtkazildi.

2018 yil 20 dekabr kuni TIQXMMI 8-maʼruzalar zalida, “Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish”, “Elektr energetikasi” va TJICHAB taʼlim yoʻnalishlari 3 va 4 bosqich talabalari ishtirokida “ARTEL kompaniyasi ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, texnologiyalari, mutaxassislariga talablar” mavzusida maʼruza oʻtkazildi. Artel kompaniyasi Oʻrta Osiyodagi eng katta va yagona maishiy texnika ishlab chiqarish tizimidir. Kompaniya Oʻzbekistonda tashkil topgan boʻlib, yirik maishiy texnika va elektron vositalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Kompaniya oʻz faoliyatini 2011 yilda boshlab, sifatli, ishonchli va qulay mahsulotlari bilan Oʻzbekistonda tanilib ulgurdi. Bugungi kunda kompaniya maishiy texnikalarning 10 dan ortiq turini ishlab chiqarmoqda: kondensioner, changyutgich, mikrotoʻlqinli pech, gaz plitalari, elektr plitalari va gazu elektr bilan ishlaydigan qoʻshma plitalar, oshxona texnikalari, kichik elektr pechlari, televizorlar, muzlatkichlar, telefon va elektr suv isitgichlar. Artel kompaniyasining zavodlariga dunyoning yetakchi korxonalari uskunalari oʻrnatilgan. Bundan tashqari, kompaniyada mahsulotlar sifatini muntazam ravishda tekshirib turish uchun laboratoriyalar ham ishlaydi. Zavodda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarni saqlash uchun Artel kompaniyasi oʻzining 50000 kvadrat metrga teng maxsus maydoniga ega. Bu maydoning asosiy vazifasi mahsulotlarni qabul qilish, saqlash va kompaniyaning 5 baza Artel firmaviy magazinlarga butun Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berishdir.

Bugungi kunda Artelning maishiy texnikalari Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya (Maxachkala), Ukraina, Ozarbayjon va Gruziya davlatlariga chiqarilmoqda. Hozirda Artel kompaniyasining mahsulotlarini Yevropaga, Rossiyaning baʼzi shaharlari va Pokistonga chiqarish masalasida muzokaralar olib borilmoqda. Kompaniyaning dovrugʻi tez surʼatda bundan ham kengroq doirada tarqalmoqda. Avvalo taʼkidlab oʻtish lozimki, biz har doim hamkorlar tanlashga juda katta eʼtibor beramiz. Chunki ishonchli hamkorlar bu bizning muayyan imidjimiz shakllanishi va uzoq muddatli hamda ustuvor aloqalar kafolatidir. Biz oʻz sohasida katta muvaffaqiyat qozonganlar bilan hamkorlik qilamiz. Biz hamkorlik qilayotgan kompaniyalar maishiy texnika bozorida kamida 20 yillik tajribaga ega, oʻz navbatida ustuvor va professional darajadadir.

Bizning bunday sifatli va ayni paytda nisbatan arzon mahsulotlar ishlab chiqarishga erishishimizga ishlab chiqarishdagi chiqimlarni ixchamlashtirish sabab boʻldi. Shirkat faoliyati davomida toʻplagan ish tajribasi mahsulotlarning baʼzi qismlarini mahalliy xom ashyodan tayyorlash imkoniyatini yaratdi va bu oʻz oʻrnida tayyor maishiy texnikalarimiz narxi pasayishiga xizmat qildi. Bizning xorijiy hamkorlarimizda mahsulotlarimizga kafolat berish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Mazkur tadbirda “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

“Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti Maʼnaviyat-maʼrifat ishlari boʻyicha dekan muovini Sh.O.Berdiyev axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov