Galdagi ochiq dars

“Elektrotexnik materiallari” fanidan dotsent v.b. R.F.Yunusovning “Klassifikatsiya i osnovnыye svoystva provodnikovыx materialov” mavzusidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti “Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” taʼlim yoʻnalishi 2 - kurs 203 - guruh talabalariga rus tilida ochiq dars oʻtkazildi. Maʼruzada oʻtkazgichlarning taʼrifi, bajarilish materiallari, turlari, xususiyatlari, tasniflanishi, elektr energetika va agrosanoat majmui sohalarida qoʻllanilish koʻrinishlari, afzalliklari va kamchiliklari va boshqa qoʻshimcha maʼlumotlar keltirildi, tushuntirildi va tahlil qilindi. Elektr oʻtkazgichlarni tanlashda ularning koʻrsatkichlarini hisoblash uchun kerakli formulalari keltirildi. Elektr uskuna va vositalarda (motor, transformator, ishga tushirish, himoyalash vositalar, turli apparatlar)ning qismlarida oʻtkazgichlarning qoʻllanilishi slayd va videofilmlarda koʻrsatildi. Elektr oʻtkazgichlarni ishlab chiqarish korxonalari va texnologiyalari haqida maʼlumot va tushunchalar berildi. Mazkur tadbirda “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

“Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti Maʼnaviyat-maʼrifat ishlari boʻyicha dekan muovini Sh.O.Berdiyev axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov