Odam savdosi - davr muammosi

“Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti talabalari oʻrtasida turli yot gʻoyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida 2018 yil 14 dekabrda 8-zalda “Odam savdosi - davr muammosi” mavzucida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda IIV odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi aʼzosi Axmedov Axrorbek Oʻktamovich, IIV terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi katta tezkor vakili Djoʻrayev Joʻrabek Yuldoshevich, Fakultet dekan A.Isaqov, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Sh.Berdiyev va 10 nafar professor-oʻqituvchi hamda 250 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir soʻngida “Odam savdosi - davr muammosi” mavzusiga oid boʻlgan videoroliklar namoyish etildi. Tadbir yakunida maʼruzachilar tomonidan ishtirok etgan barcha talabalarning savollariga batafsil javoblar berildi.

“Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti Maʼnaviyat-maʼrifat ishlari boʻyicha dekan muovini Sh.O.Berdiyev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov