Erkin va farovon hayotimiz kafolati

 

Qomusimiz - nomusimiz. Bu fikr Asosiy qonunimiz Konstitutsiyaga daxldordir. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti fakultetiga qarashli 2-Talabalar turar joyining Ma’naviyat - ma’rifat xonasida 2018 yilning 7 dekabr kuni soat 18.00.da “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish fakulteti hamkorligida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan yuqoridagi sarlavha ostida suhbat o‘tkazildi. 
O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish fakulteti podpolkovniki Ulug‘bek Raximov “Siz konstitutsiyani bilasizmi” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. U barcha ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 26 yil to‘lgani munosabati bilan tabrikladi. So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi.
Ma’ruzadan keyin podpolkovnik Ulug‘bek Raximovga talabalar ayniqsa, birinchi bosqich talabalari bir qancha savollar berib tegishli javoblarni olishdi.

“Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti Ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan muovini Sh. O. Berdiyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov