OMAD YOR BO‘LSIN AZIZ BITIRUVCHILAR!

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 2018 yil 3 iyul kuni “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetining 2017/2018 o‘quv yili bitiruvchilariga tantanali diplom taqdim etish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori O‘ktam Pardaevich Umurzoqov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirzaev Bahodir Suyunovich, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Shavazov Qodirjon Ochilovich va fakultet dekanlari hamda ota-onalar ishtirok etishdilar. Institut rektori O‘ktam Pardaevich Umurzoqov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi. Fakul'tet dekani Isaqov Abdusaid Jalilovich bitiruvchilarni tabriklab, institut rektorining diplom berish to‘g‘risidagi buyrug‘ini o‘qib eshittirdi va bitiruvchilarga diplom taqdim etildi. 220 nafar bitiruvchilardan 7 nafari imtiyozli qizil diplomga ega bo‘lishdi. Tadbirdan so‘ng bitiruvchilar va ota-onalar uchun badiiy chiqishlar bo‘lib o‘tdi.