Tarixi
Gaziyeva Ra'no Teshabayevna
«Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish»
kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, professor
Теl.: +99871-237-19-98
Email: r.gazieva@tiiame.uz
1971 yil iyun oyida «Avtomatika va telemexanika» nomi bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, «Shuhrat» medali sovrindori, texnika fanlari doktori, professor Petr Vyacheslavlovich Baydyuk (1971-1994) rahbarligida tashkil etildi. Kafedraning ilk tashkil etilganida dots. v.b. V.M. Sidelnikov, katta o‘qituvchi A.R. Radjabov, assistentlar B.F. Fayzullayev, Yu.A. Getman, S.I.Kovalev, laborantlar S. Akishin, A. Mirdadayevlar ish olib bordilar.
1993-1996 yillar davomida t.f.n. dots. Sh.J. Joniqulov, 2000-2004 yillar davomida t.f.n. dots. A.X. Voxidov rahbarlik qildilar. Shu vaqtda «Avtomatlashtirish va boshqaruv» bakalavriat yo‘nalishi ochildi.
2000-2001 yillarda kafedrada 5A521802 – «Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish» magistratura yo‘nalishi ish boshladi. 2003 o‘quv yilidan boshlab kafedrada 5521800 «Avtomatlashtirish va boshqaruv» (suv xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishi ochildi va hozirgi kungacha ushbu yo‘nalish bo‘yicha bakalavrlar tayyorlab kelinyapti. 2005-2006 yillar davomida kafedraga t.f.n. dots. R. Gaziyeva rahbarlik qildi.
2006 yildan 2010 yilgacha institut tarkibi o‘zgargani munosabati bilan qo‘shma kafedra sifatida ish yuritdi va Usmanov A.M. rahbarligida ish olib bordi. 2010 yil 27 avgustdan boshlab kafedra «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv» nomini olib, mutaxassislik kafedrasi sifatida hozirgi kunda R.T. Gaziyeva rahbarligida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
2008 yilda dots. Usmanov A.M. kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi va uning sa’y-harakatlari bilan «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv» kafedrasi tashkil etildi va 2010 yildan boshlab kafedrada 5311000 – «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni boshqarish va avtomatlashtirish», 5A531001 – «Texnologik jarayonlar va ishlab chikarishni avtomatlashtirish» bakalavr yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi ochildi. Kafedra xodimlari dotsent Gaziyeva R.T., dotsent Vohidov A.X., dots.nt Ismatullayev X.N., dotsent Sidelnikov V.M., dotsent Nuraliyev A.K., kat.o‘q.. Bazarov E.O., ass. Abdullayeva D.A., ass. Pirimov O.J., ass. Azizova N.Sh., ass. Yerzakova R.K., ass. Yadgarova D.B.lar bilan birgalikda kafedraning dasturiy, uslubiy va laboratoriya asoslarini yaratdilar.
Kafedra O‘zbekiston suv xo‘jaligi kompleksi uchun quyidagi yo‘nalishlarda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan: suv taqsimoti va suv resurslarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish, gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari, suv ta’minoti, suv quduqlarini avtomatlashtirish, avtomatlashtirish, sug‘orish va suv hisobining texnologik jarayonlari.
2013 yilda kafedra mudiri lavozimiga Gaziyeva R.T. tayinlandi. Bu davrda kafedraning o‘quv, ilmiy va uslubiy ishlarini kuchaytirishga yangi impuls berildi. Gaziyeva R.T. va uning bevosita ishtirokida qishloq va suv xo‘jaligini avtomatlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta va oliy o‘quv yurtlari uchun o‘zbek tilidagi o‘quv adabiyotlari sezilarli darajada ko‘paydi. Yaqin va uzoq xorij davlatlari bilan laboratoriya bazasi, universitetlararo hamkorlik mustahkamlandi. O‘tgan besh yillikda kafedrada ass.Pirimov O.J., katta o‘qituvchi Bazarov E.O., assistent Yadgarova D.B.lar falsafa fanlari doktori PhD unvonini oldilar.
2020 yilda kafedrada yangi mavjud 60711400 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni boshqarish va avtomatlashtirish», 70711401 – «Texnologik jarayonlar va ishlab chikarishni avtomatlashtirish» bakalavriat yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bilan bir qatorda 5330200 (60610200) – Axborot tizimlari va texnologiyalari (sohalar va tarmoqlar bo‘yicha) bakalavriat yo‘nalishi ochildi. Xuddi shu yildan boshlab “05.01.08 – Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” doktorantura ochildi. Jamoa yangi malakali nomzod va fan doktorlari bilan to‘ldirildi. Kafedraning ilmiy salohiyati 85 foizni tashkil etdi. 2022-yilda kafedra sa’y-harakati bilan TIQXMMI MTU qoshida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha “05.01.08 – Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” ixtisoslashtirilgan Kengashi ochildi. Kafedra ushbu mutaxassislik bo‘yicha tayanch tashkilotga aylandi.
Hozirgi kunda kafedrada “05.01.08– Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy-texnikaviy seminar faoliyat olib boryapti. 2023 yilda ushbu mutaxassislik bo‘yicha kafedraning bakalavriat, magistratura va doktorantura bitiruvchisi E.O. Ozodov tomonidan prof. Gaziyeva R.T. rahbarligida falsafa doktori, PhD himoyasini qildi.
Bugungi kunda kafedraning ilmiy yo‘nalishi “Suv xo‘jaligi tizimlari texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish usullari va vositalarini tadqiq etish va takomillashtirish” va “Suv va qishloq xo‘jaligida intellektual tizimlar”.
Hozirgi kunda kafedrada t.f.n., professor R.T. Gaziyeva, t.f.d.,professor M.A. Ismailov., professor Usmonov A.M., f.f.n., professor A.Sh. Arifjanov, t.f.n., dots. A.S. Kabildjanovlar, PhD, dots. E.O. Bozorov, t.f.n., dots. Sh.Q. Rahmonov, t.f.n., dots. Sh.R. Ubaydullayeva, PhD, dots. D.B. Yadgarova, PhD., katta o‘qituvchi E.O. Ozodov assistentlar: D.A. Abdullayeva, R.K. Yerzakova, A.A. Abdug‘aniyev, Ch.Z. Oxunboboyeva, N.Sh. Imomova, A.A. Akbaraliyev samarali faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Qishloq va suv xo'jaligi energiya ta'minoti fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar