Bakalavriatura yo'nalishlari

BAKALAVRIAT TALIM YONALISHLARI:

Shifr raqami

YONALISHLAR

1

60810500

Qishloq va suv xo’jaligida energiya ta’minoti

2

60710600

Elektr energiyasi (suv xo’jaligida)

3

60711000

Muqobil energiya manbalari(qayta tiklanuvchi energiya)

4

60711400

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo'jaligida)

5

60610200

Axborot tizimlari va texnologiyalari (suv xo'jaligida)

6

60722900

Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (turlari bo'yicha)

7

60711500

Mexatronika va robototexnika


 

Shifr raqami

YONALISHLAR

1

60810500

Qishloq va suv xoʻjaligida energiya taʼminoti taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilari ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik, ekspluatatsion va texnik servis, texnologik-ishlab chiqarish, tashkiliy-boshqaruv tizimida xususan, ushbu taʼlim yoʻnalishlarini bitiruvchilari elektroenergetika tizimlari, elektr taʼminoti tarmoqlari, ichki irrigatsiya-melioratsiya tizimlari, suv taʼminoti tarmoqlarining energetik tizimlari, noanʼanaviy energiya manbalari va tizimlari, elektrotexnologik uskunalar, elektrotexnik qurilmalarni ekspluatatsiyalash jarayonlari, ilmiy tadqiqot jarayonlari, elektr qurilmalarni taʼmirlash, sozlash va texnik xizmat koʻrsatish tizimlari muxandis elektrik lavozimida faoliyat yurtishlari mumkin.

2

60710600

Elektr energetikasi (suv xoʻjaligida) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilar ishlab chiqarishda suv xoʻjaligi tizimlari, gidroelektrostansiyalar, suv taʼminoti nasos stansiyalari, gidrotexnika inshootlari va ularni qurilishi, loyiha-konstruktorlik, elektr taʼminot tizimlaridagi texnik vositalarning ekspluatatsiyasi, taʼmirlash, montaji, sozlash va servis xizmat koʻrsatish, elektr energiyasini sotish, sarfini meʼyorlash, energiya nazorati soxalarida, taʼlim jarayonida mos kasb-hunar kollejlaridagi faoliyat yuritishlari mumkin.

3

60711400

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xujaligida) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilar suv xoʻjaligi ishlab chiqarishida yuqori unumdorlikka ega texnologik jarayonlar, apparatlar va jihozlar va ularni nazorat qilish, rostlash va boshqarish tizimlari, ularni sozlash, ekspluatatsiya qilish usullari va vositalari, shuningdek nazorat, rostlash va boshqarish tizimlarining loyiha hujjatlari, taʼlim jarayonida mos kasb-hunar kollejlaridagi oʻquv-tarbiya jarayonida faoliyat olib borishlari mumkin.

4

60722900

Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (Elektrotexnik va elektron texnika va texnologiyalar)   ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmoqlarida hamda sanoatning boshqa tarmoqlarida joriy etilayotgan chet el zamonaviy elektrotexnik va elektron texnika va texnologiyalarni sifatli ekspertizadan o‘tkazish hamda mahalliy ishlab chiqarish jarayonlari talablariga mos kelishligi haqida ilmiy asoslangan xulosalar tayyorlash, elektrotexnik va elektron texnika jihozlari, asbob va uskunalari ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyo va tayyor mahsulotlarni sifat va son jihatdan baholash, texnik jihozlar ishlab chiqarishda ularning sarf – xarajatlarini sarflanadigan material hamda energetik jihatdan baholash, jihoz yoki qurilmaga sarflanadigan xom ashyo birligini aniqlash, mahsulotlar ishlab chiqarishda texnologik xatoliklarni aniqlash, eksport uchun ishlab chiqarilayotgan mahalliy elektrotexnik va elektron qurilmalar texnik ko‘rsatgichlarini xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash, elektrotexnik va elektron qurilmalar, jihozlar va asboblar ishlab chiqarish sanoati bo‘yicha marketing tadqiqotlar o‘tkazish va tovarlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda o‘rganish uchun yo‘naltirilgan inson faoliyati vositalari, usullari, yo‘sinlari hamda yo‘llari kabi  majmuilarini o‘z ichiga oladi.

5

5430200

“Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilari ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik, ekspluatatsion va texnik servis, texnologik-ishlab chiqarish, tashkiliy-boshqaruv tizimida xususan, ushbu taʼlim yoʻnalishlarini bitiruvchilari elektroenergetika tizimlari, elektr taʼminoti tarmoqlari, ichki irrigatsiya-melioratsiya tizimlari, suv taʼminoti tarmoqlarining energetik tizimlari, noanʼanaviy energiya manbalari va tizimlari, elektrotexnologik uskunalar, elektrotexnik qurilmalarni ekspluatatsiyalash jarayonlari, elektr qurilmalarni taʼmirlash, sozlash va texnik xizmat koʻrsatish tizimlari muxandis elektrik lavozimida faoliyat yurtishlari mumkin.

6

60711500

Mexatronika va robototexnika   ta’lim yo‘nalishi – “Muhandislik ishi” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u zamonaviy mikroelektronika, elektrotexnika, programma ta’minoti va kompyuter texnikalarini aniq mexanika fanlari bilan birlashtirilgan fan sohasidan iborat bo‘lib u sifat jihatdan yangi injenerlik modullarini, intellektual boshqariladigan va tegishli murakkab funksiyalarni bajara oladigan mashinalar sistemasini  ishlab chiqish va loyihalash kabi vazifalarni ta’minlaydi. Robototexnika esa o‘z navbatida fan va texnikaning bir bo‘limi bo‘lib, u murakkab texnologik jarayonlar va operatsiyalarni kompyuterlashtirish uchun yo‘naltirilgan robotlar va robotexnik sistemalarni loyihalash, yaratish va ishlab chiqishga yo‘naltirilgan kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. Ular sanoatning barcha tarmoqlari hamda qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmoqlarida joriy etilayotgan zamonaviy mexatron va robototexnik kompyuterlashtirilgan sistemalarni joriy etish, mikro va makro o‘lchamlarga ega bo‘lgan turli ish jarayonlarini bajaruvchi mashinalar hamda agregatlarni boshqarish, ishlab chiqarish korxonalarda og‘ir va xavfli ish jarayonlarini boshqarish uchun mexatron va robototexnik sistemalarni loyihalash, meva –sabzovatlar hosilini yig‘ishtirish, qayta ishlash sanoatida sortlarga ajratish va qadoqlash jarayonlarida barcha vazifalarni bajarish hamda o‘rganish uchun yo‘naltirilgan kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

7

60711000

Muqobil energiya manbalari (qayta tiklanuvchi energiya) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilar qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalardan foydalanib elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish va iste’mol qilish ob’ektlarida, elektr va issiqlik ta’minoti tizimlarida ishlatiladigan jihozlar va ularning konstruksiyalarini montaj qilish va sozlash korxonalarida faoliyat olib borish, qayta tiklanuvchan energiya manbalari asosidagi elektr stansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotish, sarfini meʼyorlash, energiya nazorati soxalarida, professional ta’lim muassasalarida qayta tiklanuvchan energiya manbalariga oid fanlardan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, ilmiy tadqiqot institutlarida hamda qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi energetik qurilmalar, stansiyalarni loyihalash korxonalarida keng qamrovli masalalarni yechish bo’yicha faoliyat yuritishlari mumkin.

8

60610200

Axborot tizimlari va texnologiyalari  (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)  bo‘yicha bitiruvchilar axborot jarayonlari, texnologiyalari, tizimlari va tarmoqlari, ularni instrumental (dasturiy ta’minot, texnik, tashkiliy) qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish va sohalardagi axborot texnologiyalari va tizimlari operatsiyalari tijorat, boshqaruv, bank tizimlari axborot tizimi xavfsizligi, jarayonlarni nazorat qilish, mexanika, energetika, metallurgiya, ilmiy-tadqiqot institutlari va IT-markazlarda ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashish; kompyuter texnikalarini joylashtirish; zamonaviy axborot texnologiyalardan boshqaruvda foydalanish,  shuningdek, professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyat yuritishlari mumkin.