Elektrotexnologiyalar va elektr jixozlardan foydalanish

«Elektrotexnologiyalar va elektr jixozlaridan foydalanish» kafedrasi mudiri,

 texnika fanlari nomzodi, dotsent

Berdishev Abduraxim Sulaymanovich

Тел.: +99890+932-62-21 

Email:  a.berdyshev@tiiame.uz

 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24 maydagi 3003-sonli qaroriga asosan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti nomi berilishi munosabati bilan “ Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakulteti tarkibida “Elektrotexnologiyalar va elektr jixozlaridan foydalanish” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra dastlab 1979 yil 15 dekabrda “Elektr yuritmalar va elektr energiyasini qo‘llash” kafedrasidan “Qishloq xo‘jaligida elektr energiyani qo‘llash” nomi bilan ajralib chiqqan. Institut ilmiy kengashining qaroriga ko‘ra 2001 yil 5 iyundan “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi va ta’mirlash” nomi bilan atalgan. Kafedrada tashkil etilgan 1979 yildan 2004 yilgacha professor A.R.Radjabov raxbarlik qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining “Qishloq va suv zo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomilashtirish to‘g‘risidagi” 2004 yil 415-sonli qarorini bajarish maqsadida kafedraga “Qishloq xo‘jaligi elektr ta’minoti” qo‘shib olinib, 2004 yildan “Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti va elektr jixozlaridan foydalanish” nomi bilan faoliyat yuritib keldi. 2004 yildan 2011 yilgacha dotsent A.S.Berdishev 2014 yildan 2017 yilgacha dos. N.T.Toshpo‘latov kafedraga mudirlik qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 maydagi PQ-3003-sonli qaroriga asosan “Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti va elektr jixozlaridan foydalanish” kafedrasi “Elektrotexnologiyalar va elektr jixozlaridan foydalanish” va “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi kafedralariga bo‘lindi. 2017 yildan kafedraga t.f.n., dos A.S.Berdishev raxbarlik qilib keladi. Kafedra a’zolari fakul’tetning ilmiy-tarbiyaviy faoliyatida faol ishtirok etib kelganlar. Kafedrada professorlar Radjabov A.R., Ismoilov M.I., Muxammadiev A.M., Musabekov P.M., Muratov X.M., doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, har birlari o‘z ilmiy maktabini yaratganlar. O‘sha yillarda yana kafedrada quyidagi olimlar t.f.n., dissertatsiyasini tayyorlab, himoya qildilar: M.M.Egamberdieva, I.D.Toshev, I.N.Belokovskiy., M.I.Ibragimov, Sh.M.Muzaffarov, A.D.Raxmatov, T.M.Bayzakov, N.T.Toshpo‘latov, B.Sh.Fayzullaev, A.J.Isokov, O.T.Axmedov, A.Bakiev, I.Nuritov, D.Raxmatov, Abdulla Said Morshed, Rabbabax A. Ular hozirda Respublikamizning va xorijiy mamalakatlarning turli muassasa va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda. Kafedrada tashkil qilingan paytidan buyon “Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini quritish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarida elektrotexnologiya usullarni qo‘llash” mavzusida ilmiy maktab hozirgi kunda ham Respublikamizda salohiyali yo‘nalishlardan biri deb xisoblanadi. Kafedra tashabbusi bilan O‘zbekistonda ilk bor 05.20.02 ixtisoslik bo‘yicha dissertatsiya kengash ochildi bugungacha kengashda 8 nafar fan doktori va 60 dan ortiq fan nomzodlari himoya qilishdi. Hozirgi paytda kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent A.S.Berdishev mudirlik qilmoqda. Kafedra a’zolari t.f.d., professorlar A. Isakov t.f.n., dotsentlar M.Ibragimov, A.A.Boqiev, T.M.Bayzakov, O‘.A.Xoliqnazarov, R.F.Yunusov, O.Q.Matchonov, A.A.Turdiboev, N.M.Eshpo‘latov, assistentlar N.A.Nuralieva, Z.Z.Djumabaeva M.Markaev N. Aytbaevlar, laboratoriya mudiri R.Abdullaevalar faoliyat olib bormoqda. Kafedrada 2022-2024 yillarga mo‘ljallanganO‘simliklarga purkab ishlov beruvchi mobil elektromexanik qurilmani yaratishmavzusida ilmiy ish olib borilmoqda. Kafedrada “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish texnologiyalarini rivojlantirishning ilmiy metodologik asoslari” (Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish misolida) mavzusida 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan fundamental ilmiy loyixa bajarilmoqda. Kafedra qoshida 05.05.07. “Qishloq xo‘jaligida elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi bo‘yicha 5 ta tayanch doktorant tayyorlanmoqda: tayanch doktorantlar Markaev N. 2-yil, Akbarov D., Aytbaev N. Sultonov S. Botirov A. 1-yil, stajer tadqiqotchi Yusupov Sh.lar. “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasida “Yosh energetiklar” to‘garagi mavjud bo‘lib, hozirgi kunda to‘garakga magistratura talbalaridan 4 nafar, bakalavriyat talabalaridan 13 nafar talabalar a’zo bo‘lganlar. Kafedradagi barcha professor- o‘qituvchilari to‘garakga a’zo talabalarga biriktirilib, to‘garak ish rejasi, mashg‘ulotlarini olib borish grafigi tuzilgan. Kafedrada O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Energetika va avtomatika” (ITI) Ilmiy tadqiqot instituti, “Elektr qishloq qurilish” AJ korxonasi, “Tokentdonmahsulotlari” AJ korxonasi, Toshkent yog‘-moy kombinati AJ, “Toshkent issiqlik markazi” AJ korxonasi “O‘zbekenergo” DAK Toshkent shaxar elektr tarmoqlari korxonasi (“Toshkent shahar ETK”), “O‘zbekenergo” DAK Toshkent xududiy elektr tarmoqlari korxonasi (“Toshkent XETK”) “O‘zbekenergo” DAK Markaziy elektr tarmoqlari (Markaziy MET) korxonalari bilan xamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Kafedra Qozog‘iston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlishtirish ITI va Bellarusiyaning Zamonaviy tajriba uskunalarini ishlab chiquvchi “NTP sentr” tashkiloti bilan aloqalar o‘rnatilgan va xamkorlik ishlarini olib boryapti.


Qishloq va suv xo'jaligi energiya ta'minoti fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar