O'qitiladigan fanlar

Bakalavriat bosqichida

 

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1.

Elektr energiyasi xavfsizligi

Elektr qurilmalarda va himoya vositalarida to’g’ri ishlash hamda texnika xavfsizlik qoidalarini o‘rgatadi.

2.

Qayta tiklanuvchan energiya manbalari

Qayta tiklanuvchan energiya manbalari asosida elektr energiyasi olish va uni iste’molchiga yo’naltirishni o‘rgatadi.

3.

Energo menejment

Ishlab chiqarish korxonalarida elektr qurilmalar va elektr uskunalarni iste'molini to'g'ri tanlash hamda tashkil etishni shunindek, elektr qurilmalardan samarali va to‘g‘ri foydalanish hamda ularni uzluksiz ishlashini ta’minlash chora tadbirlarni amalga oshirish o‘rgatadi.

4.

Rele himoyasi va avtomatikasi

Elektr ta’minot tizimida elektr jixoz turlari, ularni tanlash, himoya vosita va rele himoyalarini tanlash, qisqa tutashuv toklarini, kuchlanish isroflarini hisoblab aniqlashni hamda transformatorlarni tanlashni o‘rgatadi.

5.

Elektr apparatlari va jihozlari.

Past va yuqori kuchlanishli elektr jixozlaridan to‘g‘ri foydalanish va ularni tuzilishi, ishlash prinsipi hamda ularni  ta’mirlashni o‘rgatadi.

6.

Elektr ta’minoti

Elektr tarmoqlaridagi havo va kabel elektr uzatish liniyalari, qishloq podstansiyalarining elektrotexnik uskunalari, elektr taqsimlash qurilmalari, ularni boshqarish hamda himoyalashni o‘rgatadi.

7.

Suv xo’jaligida elektr ta’minoti

Suv xo‘jaligi, nasos stansiyalari, sanoat korxonalari va aholi turar joylaridagi elektr ta’minot tarmoqlari; havo va kabel liniyalari; kuchlanish, tok, quvvat hamda quvvat va foydali ish koeffitsientlari; elektr tarmoqlaridagi transformatorlar; tarqatish va taqsimlash uskunalari haqida o‘rgatadi.

8.

Muqobil energiya manbalari

Muqobil energiya manbalari va ular asosida energiya hosil qilish hamda undan foydalanish usullarinin o‘rgatadi.

9.

Oʼtkinchi jarayonlar  

talabalarda elektr energetikasi tizimi va qurilmalarida sodir boʼladigan oʼtkinchi jarayonlar, ularning xususiyatlari va oʼtkinchi jarayonlarni xisoblash usullari boʼyicha yoʼnalish profiliga mos bilim, koʼnikma va malakalarni shakllantirish.

10.

Elektr taʼminoti tizimining rele himoyasi va avtomatikasi

Qisqa tutashuv toklarni hisoblash, himoya vositalari va apparatlarni tanlash, rele himoya tizimini loyihalash hamda relelarni tanlashni oʼrgatadi.

11

Mutaxassislikka kirish

talabalarga oʼz mutaxassisligini yakinroq bilish, oʼz xuquq va majburiyatlarini bildirish, Respublika energetikasining rivoji va istiqbollari holati bilan tanishish, auditoriyada, kutubxonada pedagog bilan va mustaqil ishlash oʼquvi va koʼnikmalarini berishdir

 

Magistr bosqichida

 

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1.

Gidroenergetik qurilmalar

Gidroenergetik inshootlardagi qurilmalarni tanlash, samarali ish faoliyatini tashkillashtirish va ish rejimlarini o’rgаtadi.

2.

Muqobil energiya manbalari       

Muqobil energiya manbalari va ular asosida energiya hosil qilish hamda undan foydalanish usullarini oʼrgatadi.

3.

Elektr tarmoqlari va tizimlari

Elektr ta’minot tarmoqlari va tizimlaridagi rejimlar, elektr uskunalar, iste’molchilarning yuklamalari va elektr energiyasini me’yoriy hamda sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash.

4.

Elektr taʼminoti tizimida energiya tejamkorligi    

magistrlarda elektr taʼminoti tizimlarining elektr energiyasini tejam qilish chora-tadbirlarni oʼrganish sohasidagi bilimlarni mukammallashtirish va boshqa masalalarni mustaqil yechish malakalarini hosil qilish

5.

Elektr uskunalarini sinash hajmi va meʼyorlari

hozirgi zamon talablariga mos keluvchi sinash usullari va uskunalarn, sinashlarni hajmi va meʼyorlari oʼrganish. Boʼlgʼusi magistr elektr stantsiya va podstantsiyadagi ayni paytdagi foydalanilayotgan yuqori kuchlanish texnika uskunalarni ish tartibi, foydalanish qoidalari, xalokatli holatga olib keluvchi omillar va ularni bartaraf etish uchun olib boriladigan nazorat oʼlchov tadbirlari hamda zamonaviy sinash usullari va uskunalarni ishlash printsiplarini oʼrgatadi.

6.

Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash

Elektr energiya tizimidagi stansiya va podstansiyalarni tuzilishini o‘rganish, magistral tarmoqlarni hisobini o‘rganish, iste’molchini yuklamalarini aniqlash. Iqtisodiy samaradorligini aniqlash.

7

Kichik gidroelektr stansiyalar

Kichik quvvatli gidroelektrstantsiyalarning rivojlanish tarixi, mikroGESlar potentsialini, mikroGESlarni loyihalash asoslarini, GESlarni iqtisodiy samaradorligini aniqlashni hamda hozirgi zamon EHM lari yordamida vertual labaratoriyadan foydalanishni oʼrgatadi.

8

Qayta tiklanuvchii energiya manbalari va foydalanish texnologiyasi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni, tabiiy energiyani elektr energiyasiga aylantirishni, hamda zamonaviy yangi texnologiyalar asosida energiya hosil qilish usullarini o‘rgatadi.

9

Elektr ta’minot tizimlarining rele himoyasi va avtomatikasi

Qisqa tutashuv toklarni hisoblash, himoya vositalari va apparatlarni tanlash, rele himoya tizimini loyihalash hamda relelarni tanlashni o’rgаtadi.

10

Energetik ob’ektlarni modellashtirish

Elektr energetik tizimlarini matematik modellashtirish va tadqiq qilish sohasidagi bilimlarni mukammallashtirish. EHM lari yordamida vertual labaratoriyadan foydalanishni o‘rgatadi.

11

Elektr stansiya va raqamli nimstansiya

Turli hildagi elektr stansiya turlari va ularning ishlash prinsipi va zamonaviy raqamli nimstansiyaning afzalliklari hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar to’g’risida information axborot beriladi. 

12

Elektr ta’minoti tizimida energiya tejamkorligi

magistrlarda elektr ta’minoti tizimlarining elektr energiyasini tejam qilish chora-tadbirlarni urganish sohasidagi bilimlarni mukammallashtirish va boshqa masalalarni mustaqil echish malakalarini hosil qilish

13

Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va boshqarish

elektr energiyaning avtomatik nazorati va hisobi to‘g‘risida talabalarda ko‘nikma hosil qilish hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda elektr energiyaning avtomatik nazorati va hisobining asosiy tushunchalari, iqtisodiy va texnik ENvaHAT, uni amalga oshirish, sanoat korxonalarida ENvaHATni qurish va tashkil etish variantlari bilan boglik barcha masalalarni mustaqil yechish malakalarini hosil qilish.

14

Noan’anaviy energiya manbalari

talabalarga elektr ta’minoti tizimida muqobil energiya manbalari fanining nazariy asoslarini hamda ularni amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish

15

Energetikada matematik modellashtirish

talabalarda elektr energetik sistemalarining matematik modellashtirish va tadqiq qilish sohasidagi bilimlarni mukammallashtirish va boshqa masalalarni mustaqil yechish malakalarini hosil qilish

16

Gidroenergetik stansiyalar

talabalarda gidroenergetik taffakkurini  rivojlantirish, o‘zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda suv manbalaridan kompleks foydalanishni, suv energiyasidan foydalanishni, gidroenergetik qurilmalarni elektr energetika tarmog‘idagi o‘rnini, gidroenergetik qurilmalarlarda energiyani  o‘zgartirish, yig‘ish va uzatish usullarini hisoblash mashinalari yordamida hisoblashni o’rgatadi

17

Kichik gidroenergetika

Kichik quvvatli gidroelektrstantsiyalarning rivojlanish tarixi, mikroGESlar potentsialini, mikroGESlarni loyihalash asoslarini, GESlarni iqtisodiy samaradorligini aniqlashni hamda hozirgi zamon EHM lari yordamida vertual labaratoriyadan foydalanishni oʼrgatadi.

18

Elektr va issiqlik energiyasini yig‘ish

talabaning zamonaviy elektr energetikada qo‘llaniladigan texnologik jarayonlarni va qurilmalarni tuzilishini nazariy va amaliy masalalarni mustaqil yechishga tayyorlashdan iborat; asosli tahlil qilishda, texnik va iqtisodiy masalalarning optimal echimlarini qidirishda, ularni amalga oshirishning eng yaxshi yo‘llarini tanlashda zarur bo‘ladigan asosiy matematik usullarni talabalarga o‘rgatadi.

19

Elektr energetikada ilmiy tadqiqot

Elektr energetikada ilmiy tadqiqot uslublari, meʼyoriy oʼlchamlarni olib borish, olingan natijalarni tahlil qilish, tegishli ilmiy yechimlar qabul qilish koʼnikmalarni hosil qilish.

20

Energiya audit

magistrlarda suv xo‘jaligi korxonalarida elektr ta’minoti tizimlarining energiya audit usullarni urganish sohasidagi bilimlarni mukammallashtirish va boshqa masalalarni mustaqil yechish malakalarini hosil qilish.