Tarixi

Kafedra mudiri 

Qodirov Dilshod Botirovich, PhD

Tel:71 237-19-68

Email: d.kodirov@tiiame.uz

 

 

 


“Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi 2004 yil Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining “Qishloq va suv xoʼjaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʼgʼrisidagi” 415-sonli qarorini bajarish maqsadida institutning 2004 yil 13.09 dagi 187-F buyrugʼiga asosan Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya intstitutining tashkiliy tuzilmasi ijrosida tashkil etilgan. Kafedra dastlab 1979 yil 15 dekabrda “Elektr yuritmalar va elektr energiyasini qoʼllash” kafedrasidan “Qishloq xoʼjaligida elektr energiyani qoʼllash” nomi bilan ajralib chiqqan. Institut ilmiy kengashining qaroriga koʼra 2001 yil 5 iyundan “Elektrotexnologiya” va “Elektr uskunalar ekspluatatsiyasi va taʼmirlash” nomi bilan ataldi. Kafedrada tashkil etilgan kunidan 2004 yilgacha professor А.R.Radjabov raxbarlik qilgan. 2004 yildan 2011 yilgacha dotsent А.S. Berdishev kafedraga mudirlik qilib kelgan. Kafedra aʼzolari fakulьtetning ilmiy-tarbiyaviy faoliyatida faol ishtirok etib kelganlar. Kafedrada professorlar Radjabov А.R., Ismoilov M.I. Muxammadiev А.M., Musabekov N.M., Muratov X.M. doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, har birlari oʼz ilmiy maktabini yaratganlar. Oʼsha yillarda yana kafedrada quyidagi olimlar t.f.n. dissertatsiyasini tayyorlab, himoya qildilar; M.M. Egamberdiev, I.D. Toshev, I.N. Belokovskiy, M.I. Ibragimov, Sh.M. Muzafarov, А.D.Raxmatov, T.M. Bayzakov, N.T. Toshpoʼlotov, B.Sh. Fayzullaev, А.J. Isoqov, O.T. Аxmedov, А.Bakiev, I. Nuritov, D.Raxmatov, Аbdulla Said Marshed, Rabbabax А., May Van Xuan. Ular hozirda Respublikamizning turli muassasa va tashkilotlarida faoliyat koʼrsatib turibdilar.

Kafedra tashkil qilingan paytdan buyon “Qishloq xoʼjalik mahsulotlarini quritish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarida elektrotexnologiya usullarni qoʼllash” mavzusida ilmiy maktab hozirgi kunda ham Respublikamizda salohiyati yoʼnalishlardan biri deb hisoblanadi. 2010 yil oxirida Primov Odil kandidatlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va hozirda Institutning Buxoro filialida oʼz faoliyatini davom ettirmoqda. 2020-2021 oʼquv yili davomida Muzafarov Sh.M. professor, D.B. Qodirovlar esa dotsent ilmiy unvoniga ega boʼldilar.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 maydagi PQ-3003-sonli qaroriga asosan kafedraning “Suv xoʼjaligida elektr taʼminoti va elektr jixozlaridan foydalanish” nomi “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari”ga oʼzgartirildi.


Qishloq va suv xo'jaligi energiya ta'minoti fakulteti Oʻqitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqa